Yer nimadan tashkil topgan?

yer nimadan tashkil topgan 65e711c5b5873

Yer nimadan tashkil topgan? Inson Oy va sayyoralarni oʻrganishni boshladi, lekin shunga qaramay u Yerning aniq tuzilishini haligacha bilmaydi. Bu savolga taxminiy javob quyidagicha: Yer ulkan shar yoki sfera boʻlib, asosan qattiq tosh jinslaridan iborat. Ichki jinslar juda katta bosim ostida boʻlganligi sababli, Yerning yadrosi ham qattiqdir. Bularning barchasini batafsil koʻrib chiqaylik. Yer yuzasi — … Читать далее

Koinot cheksizmi?

koinot cheksizmi 65e679a862fe8

Koinot cheksizmi? Astronomlar koinot atamasidan foydalanganda butun fazo va uni toʻldirib turgan barcha jismlarni nazarda tutadi. Bu atama oʻz ichiga nimalarni olishini tushunish uchun hatto eng boy tasavvur ham yetarli emas. Koinotning naqadar ulkanligini anglash uchun bunga quyidagi misol bilan tushuntirish berish mumkin. Yorugʻlik yili, yaʼni yorugʻlik nurining bir yilda bosib oʻtadigan masofasi 5460 milliard … Читать далее

Quyosh tizimi nima?

quyosh tizimi nima 65e6799a9dd5a

Quyosh tizimi nima? Uchar likopcha va boshqa olamlardan kelgan oʻzga sayyoraliklar haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Bunday xabarlarning haqiqatga yaqinligi shubha ostiga olinsa-da, ammo bunday hodisalar ehtimoli shubhasizdir. Gap shundaki, Quyosh tizimi biznikiga oʻxshash, millionlab boshqa shunday tizimlar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan, ulkan koinotning atigi zarradek bir qismidir. Quyosh tizimi tushunchasi quyosh va uning tortishish taʼsiri … Читать далее

Kometa portlashi mumkinmi?

kometa portlashi mumkinmi 65e6797f3ff76

Kometa portlashi mumkinmi? Qadimgi davrlarda osmonda kometani koʻrgan odamlar qoʻrquvdan titrar edi. Ular kometalarni mudhish ofat, dahshatli kasalliklar epidemiyasi, urush, zilzila va shunga oʻxshash kulfatlar darakchisi deb hisoblagan. Endi bu kabi qoʻrquvlar oʻtmishda qoldi, ammo haligacha koʻpchilik kometalarni Yerga katta zarar yetkazishi mumkin deb oʻylaydi. Masalan, hozirda sayyoramiz yaqinida boʻlgan kometa portlasa nima boʻladi? Bilishimizcha, … Читать далее

Yulduzlar nimadan iborat?

yulduzlar nimadan iborat 65e679721642c

Yulduzlar nimadan iborat? Tungi qorongʻi falakda bizga kichik moviy nuqta boʻlib koʻrinadigan yulduzlar aslida biznikiga oʻxshash yorqin quyoshlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular qizigan gazlarning ulkan, sharsimon toʻplamidir. Ular shunchalik qaynoqki, yuzasiga yaqinlashgan poʻlat boʻlagi bir zumda bugʻga aylanib ketadi. Koʻpgina yulduzlarda bu gazlarning zichligi juda past, chunki yulduzlarni tashkil etuvchi turli moddalar atomining zarralari bir-biridan … Читать далее

Osmonda nechta yulduzni ko‘rish mumkin?

osmonda nechta yulduzni korish mumkin 65e679646c6e6

Osmonda nechta yulduzni ko‘rish mumkin? Kitoblarda “Falakni milliardlab yulduzlar qoplagan” kabi iborani tez-tez uchratish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, yozda tungi osmonga qarab, koʻzimiz oʻngidagi kichik porloq nuqtalar son-sanoqsizdek tuyuladi. Shuning uchun yaxshi koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan kishi osmonda teleskopsiz atigi 6000 ga yaqin yulduzni koʻra olishi sizni ajablantirishi mumkin. Lekin bu ularning barchasini bir vaqtning … Читать далее

Qaysi yulduzlar Yerga yaqinroq joylashgan?

qaysi yulduzlar yerga yaqinroq joylashgan 65e67956803d6

Qaysi yulduzlar Yerga yaqinroq joylashgan? Biz biror narsaning hajmini oʻlchashga qodirmiz, lekin ba’zida olgan natijamizning asl mohiyatini anglay olmaymiz. Bu kosmosdagi obyektlar orasidagi masofa haqida gap ketganda namoyon boʻladi. Biz ular orasidagi masofani oʻlchashga qodirmiz, ammo oʻlchovlar koʻlami hayotimizdagi odatiy tasavvur doirasi chegarasiga mos kelmaydi.  “Yorugʻlik qanday sayohat qiladi?” savoliga javobda yorugʻlik nuri bir yil … Читать далее

Quyosh qachon so‘nadi?

quyosh qachon sonadi 65e6794918e44

Quyosh qachon so‘nadi? Bunday savolning oʻzi gʻayrioddiy tuyulishi mumkin. Axir Quyosh abadiy nur sochmaydimi? Afsuski, yoʻq. Quyosh oddiy yulduz ekanini bilamiz, har qanday yulduz esa ertami-kechmi soʻnadi. Bir paytlar olimlar Quyosh asta-sekin soviyapti yoki yonib tugayapti deb hisoblagan. Bu haqiqatan ham sodir boʻlayotgan boʻlsa, uning energiyasi hech boʻlmaganda yana bir necha ming yillarga yetishi bizga … Читать далее

Quyosh nima sababdan tutiladi?

quyosh nima sababdan tutiladi 65e66fae31f06

Quyosh nima sababdan tutiladi? Quyosh tutilishida uchta kosmik jism ishtirok etadi: Oy, Yer va Quyosh. Maʼlumki, Oy Yer atrofida, Yer esa oʻz navbatida Quyosh atrofida doimiy ravishda aylanadi. Shunday qilib, vaqti-vaqti bilan Oy Yer va uni yoritadigan Quyosh oʻrtasiga tushib qoladigan vaqt keladi. Bunday holda Quyosh tutilishi deb ataladigan hodisa sodir boʻladi. Quyosh tutilishi faqat … Читать далее

Quyoshdagi dog‘lar qanday paydo bo‘ladi?

quyoshdagi doglar qanday paydo boladi 65e66fa065b37

Quyoshdagi dog‘lar qanday paydo bo‘ladi? 1680-yilda oʻz teleskopini yaratgan Galileo Galiley Quyoshdagi dogʻlarni koʻrgan birinchi kishi boʻlgan. Ular Galileyning trubkasi orqali Quyoshning oq diskidagi qora tuynuklarga oʻxshab koʻringan. Quyosh dogʻlarini deyarli har qanday havo ochiq kunda kuzatish mumkin. Ular oʻlchamlariga koʻra juda farq qiladi. Baʼzilari Quyosh yuzasidagi mayda nuqtaga oʻxshaydi, boshqalari esa ancha katta oʻlchamlarga … Читать далее