Quyosh nima sababdan tutiladi?

Quyosh nima sababdan tutiladi?

Quyosh tutilishida uchta kosmik jism ishtirok etadi: Oy, Yer va Quyosh. Maʼlumki, Oy Yer atrofida, Yer esa oʻz navbatida Quyosh atrofida doimiy ravishda aylanadi. Shunday qilib, vaqti-vaqti bilan Oy Yer va uni yoritadigan Quyosh oʻrtasiga tushib qoladigan vaqt keladi. Bunday holda Quyosh tutilishi deb ataladigan hodisa sodir boʻladi. Quyosh tutilishi faqat yangi Oy chiqqan paytda sodir boʻlishi mumkin, chunki Oy aynan oʻsha paytda, Yerning Quyoshga qaragan tomonida boʻladi. Agar Oyning orbitasi Yerniki bilan bir tekislikda yotganida, tutilish har bir yangi Oy chiqishida sodir boʻlar edi.

Oy Yer atrofida 29,5 kun davom etadigan yoʻlida odatda Yer va Quyosh orasidagi toʻgʻri chiziqning chetrogʻidan oʻtadi. Astronomlar Quyosh tutilishining boshlanishi va davomiyligini soniyaning ulushigacha boʻlgan aniqlikda taxmin qilishi mumkin. Shuningdek, ular maʼlum bir tutilish toʻliq, halqasimon yoki qisman boʻlishini ham oldindan aytib berishi mumkin. Agar Oy Quyoshni toʻliq qoplaganda, bunday tutilish toʻliq deb ataladi. Ammo Yerdan Oygacha boʻlgan masofa doimiy emas va koʻpincha u Quyosh tutilishi uchun juda kattalik qiladi. Bunday holatda Oyning qorongʻi diski Quyoshning atrofidagi ingichka halqadan tashqari uni butunlay qoplaganini kuzatish mumkin. Bu halqasimon tutilish sodir boʻlganini anglatadi. Oy Quyosh diskining faqat biror qismini qoplagan har qanday holat qisman tutilish deb ataladi.

Har yili kamida ikkita Quyosh tutilishi sodir boʻladi, ammo ularning soni beshtaga ham yetishi mumkin. Dunyoning muayyan joylarida quyoshning toʻliq tutilishini taxminan faqat 250— 300 yilda bir marta kuzatish mumkin. Shuning uchun astronomlarning toʻliq tutilishlarni butun dunyo boʻylab “taʼqib qilishi”ga toʻgʻri keladi.


Koinotga sayohat
Quyosh nima sababdan tutiladi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий