Hamma akula ham odam yeydimi?

hamma akula ham odam yeydimi 65e70be75c772

Hamma akula ham odam yeydimi? Dunyoda taxminan 150 xil akula turi mavjud, lekin baʼzilari juda vahshiy boʻlishiga qaramay, ularning aksariyati mutlaqo zararsiz ekani ajablanarli. Akulalar koʻp jihatdan boshqa baliqlardan farq qiladi. Masalan, boshqa baliqlarning oyquloqlari (jabralar) ustida harakatlanuvchi qoplamalar joylashgan, akulalarda esa ularning oʻrnida terida shunchaki yoriqlar mavjud. Ularning umurtqasi suyaklardan emas, balki togʻaydan tashkil … Читать далее

Chigirtka qanday chirillaydi?

chigirtka qanday chirillaydi 65e6d8928adc6

Chigirtka qanday chirillaydi? Chigirtkaning odamga bog‘liqligi o‘zgacha. Koʻp mamlakatlarda bu hasharot bilan bogʻliq gʻalati irim-sirimlar mavjud. Masalan, uyda yashaydigan chigirtka baxt keltiradi, ammo uning “ketib qolishi” — yomon belgi. Italiya, Shimoliy Afrika va Yaponiyada chigirtkalar qafasda saqlanadi. Chunki odamlar uning quvnoq kuyini tinglashni yoqtiradi. Aslida chigirtka kuylamaydi. U — “skripkachi” (skripka musiqa asbobini chaluvchi odam). … Читать далее

Hayvonlarning tana harorati qanday?

hayvonlarning tana harorati qanday 65e6cf9512f5e

Hayvonlarning tana harorati qanday? Bir joydan ikkinchi joyga oʻtganda atrofimizdagi harorat oʻzgarishini sezishimiz mumkin. Ammo tanamizning harorati oʻzgarishi haqida oʻylamaymiz ham. U oʻzgarmaydi. Biz “gomeotermik” larga mansubmiz va bizning turimizga barcha issiqqon hayvonlar, sutemizuvchi, uy hayvoni va qushlar kiradi. Biroq tana harorati atrof-muhit harorati bilan birga oʻzgaradigan hayvonlar ham bor. Ular “poykilotermik” lar deb nomlanadi … Читать далее

Mamont nima?

mamont nima 65e6cf887a2a8

Mamont nima? “Mamont” soʻzini koʻpincha ulkan, juda katta hajmdagi narsani tasvirlash uchun ishlatamiz. Biroq uzoq vaqt oldin mamont deb nomlangan hayvon boʻlgan. Mamont filga oʻxshash boʻlgan va dunyoning koʻp joylarida yashagan. Ammo bizning davrimizga qadar yetib kelmagan. Bu qadimiy fil turi “mamont” deb atalgan boʻlsa-da, uning oʻlchami zamonaviy hind filinikiga teng boʻlgan. Uning uchli bosh … Читать далее

Xaltalilar nima?

xaltalilar nima 65e6cf7bc4bd6

Xaltalilar nima? Yevropalik sayohatchilar Yangi dunyoga borganida, oʻzi bilan gʻalati va yangi tuyulgan narsalarni olib kelgan. 1500-yilda shunday tarzda Braziliyadan Janubiy Amerika opossumi olib kelingan, 1770-yilda esa kapitan Kuk Avstraliyada koʻrgan kengurulari haqida hikoya qilib bergan. Oʻsha paytgacha Yevropada hech kim bunday hayvonlar — xaltalilar haqida bilmagan. Xaltalilar sutemizuvchilarning alohida turkumidir. Ularning ilmiy nomi, yunoncha … Читать далее

Bug‘ular nega shox tashlaydi?

bugular nega shox tashlaydi 65e6ce392ddc0

Bug‘ular nega shox tashlaydi? Bugʻu oʻtxoʻr hayvon — ular mox, daraxt poʻstlogʻi, kurtak yoki suv oʻsimliklari bilan oziqlanadi. Bugʻular odatda juda qoʻrqoq va ularning xavfsizligi tezligiga bogʻliq. Ular odatda tunda ovqatlanadi, juda yaxshi koʻrish qobiliyatiga ega, eshitish va hid bilish hissi esa xavfni uzoqdan osongina aniqlashga imkon beradi. Bugʻular juda xilma-xil boʻlib, boʻyi atigi bir … Читать далее

Eng katta ayiqning kattaligi qanday?

eng katta ayiqning kattaligi qanday 65e6ce2c45c45

Eng katta ayiqning kattaligi qanday? Ayiqlar orqa oyogʻida tura olganligi va ularning baʼzilari haybatli oʻlchamga ega boʻlishi mumkinligi sabab ular haqida mubolagʻalarga toʻla har xil hikoyalar juda keng tarqalgan. Ulkan ayiqlarga qarshi kurashgan yoki ularni oʻldirgan buyuk ovchilar haqida afsonalar bor. Haqiqatan ham ayiqlar oilasida juda katta turlar ham mavjud. Shubhasiz, ayiqlar barcha yirtqich hayvonlarning … Читать далее

Yovvoyi va uy quyoni o‘rtasidagi farq nima?

yovvoyi va uy quyoni ortasidagi farq nima 65e6ce1ebb113

Yovvoyi va uy quyoni o‘rtasidagi farq nima? Quyon dunyodagi eng beozor hayvonlardan biridir. Ushbu hayvonning naqadar yuvosh, hurkak, himoyasiz jonzot ekanligini eslab, juda koʻp dushmani boʻlgan bu dunyoda ularning qanday omon qolganiga hayron qolish kerak. Balki siz uning orqa oyoqlari qanchalik kuchli ekanini payqagandirsiz? Quyonning tezligi va chidamliligi orqa oyoqlarining kuchiga bogʻliq. Shuningdek, siz quyonlarning … Читать далее

Ko‘rsichqon ko‘rish qobiliyatiga egami?

korsichqon korish qobiliyatiga egami 65e6ce0e60560

Ko‘rsichqon ko‘rish qobiliyatiga egami? Koʻrsichqon g‘aroyib hayvonlardan biridir. Ular Qoʻshma Shtatlarning deyarli barcha hududida yashaydi va koʻrsichqonlarning 50 ga yaqin turi mavjud. Odamlar ushbu hayvonlarni juda kam koʻrgani sabab ularni qandaydir sirli mavjudotlar deb hisoblaydi. Koʻrsichqonni dalalardagi qazilgan joʻyaklar bor joylarda topish mumkin. Bu koʻrsichqon tunnelining tomidir, u butun hayotini yerostida oʻtkazadi. Koʻrsichqonlar 15 santimetrgacha … Читать далее

Jayra ignasini otadimi?

jayra ignasini otadimi 65e6ce00a69c5

Jayra ignasini otadimi? Jayralar har doim jizzaki va o‘jar hayvon hisoblangan. Hatto Shekspir ham ularni “Hamlet”da shunday misralar bilan ta’riflagan: “Misli gʻazablangan jayraning ignalari kabi”. Aslida esa jayra shunchaki unga teginmaslikni xohlaydigan, mutlaqo zararsiz jonzotdir. Qishda u koʻp vaqtini biron bir uya yoki chuqurchada kulala boʻlib uxlab oʻtkazadi. Yozda u daraxt va butalarning poʻstlogʻi, novda, … Читать далее