Jayra ignasini otadimi?

Jayra ignasini otadimi?

Jayralar har doim jizzaki va o‘jar hayvon hisoblangan. Hatto Shekspir ham ularni “Hamlet”da shunday misralar bilan ta’riflagan: “Misli gʻazablangan jayraning ignalari kabi”. Aslida esa jayra shunchaki unga teginmaslikni xohlaydigan, mutlaqo zararsiz jonzotdir. Qishda u koʻp vaqtini biron bir uya yoki chuqurchada kulala boʻlib uxlab oʻtkazadi. Yozda u daraxt va butalarning poʻstlogʻi, novda, ildizi va barglarni qidirib, chakalakzorlar boʻylab kezib yuradi.

Jayralar Yevropa, Afrika, Hindiston va Janubiy Amerikada, shuningdek, AQSh va Kanadada uchraydi. Amerikadagi jayra turlarining uzunligi 1 metrga, vazni esa 713 kilogrammgacha yetadi. Ignalarining uzunligi taxminan 18 santimetrga teng. Ular sargʻish, oq rangda boʻlib, uchi qora. Ignalar jayra yungi orasida oʻsadi va qattiq uchi boʻlgan oʻzakdan iborat. Jayra tugʻilganida ignalari yumshoq va ipakdek muloyim boʻladi. Faqat bir necha hafta oʻtgach, ular qattiqlashadi. Jayraga hujum qilinsa, u ignalarini dikkaytirib (hurpaytirib), kulala tushib yotib oladi. Bu ignalar jayra tanasiga unchalik mahkam yopishmagan. U taʼqibchining yuzi oldida dumini tez-tez silkitganligi uchun bu jarayonda ignalar juda oson otilib chiqadi.

Shuning uchun ham odamlar jayra ignalari bilan “otadi” deb hisoblaydi. U bu ishni qilmaydi. Ignalar shunchaki irgʻib chiqadi. Jayra odatda kunduzi uxlaydi, kechasi esa ozuqa qidiradi. Ular uzun oʻtkir tirnoqlaridan foydalanib, daraxtga chiqadi va biron shoxga joylashib, poʻstloq va novdalarni kemira boshlaydi. Jayra bir vaqtning oʻzida ogʻziga poʻstloqni ham, novda va barglarni ham soladi. Jayralar daraxt poʻstlogʻini juda yaxshi koʻrganligi sabab ular oʻrmonga katta zarar yetkazadi.

Qish mobaynida faqat birgina jayraning oʻzi 100 ta daraxtni yoʻq qila olishi maʼlum. Jayralar tuzni ham juda yaxshi koʻradi. Ular odamlarning yashash joyiga surbetlik bilan kirib, tuz yoki hatto odamning terlagan qoʻli tekkan narsalarni ham kemiradi.


Hayvonot olami
Jayra ignasini otadimi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий