Hayvonlarning tana harorati qanday?

Hayvonlarning tana harorati qanday?

Bir joydan ikkinchi joyga oʻtganda atrofimizdagi harorat oʻzgarishini sezishimiz mumkin. Ammo tanamizning harorati oʻzgarishi haqida oʻylamaymiz ham. U oʻzgarmaydi. Biz “gomeotermik” larga mansubmiz va bizning turimizga barcha issiqqon hayvonlar, sutemizuvchi, uy hayvoni va qushlar kiradi.

Biroq tana harorati atrof-muhit harorati bilan birga oʻzgaradigan hayvonlar ham bor. Ular “poykilotermik” lar deb nomlanadi va ularga hasharot, ilon, sudralib yuruvchi, toshbaqa, qurbaqalar va baliqlar kiradi. Odatda ularning harorati atrof-muhit haroratidan biroz pastroq boʻladi. Bu — sovuqqon hayvonlar. Biz odamning normal harorati 37 °C boʻlishini bilamiz. Ammo harorat normal chegaralarda oʻzgarishi mumkin.

Masalan, odamning tana harorati ertalab soat 4 atrofida eng past darajada boʻladi — terining harorati ichki haroratdan pastroq. Ovqatlanish haroratni bir yoki ikki soatga oshiradi, mushaklarning ishlashi haroratni oshirishi mumkin. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichki haroratni pasaytiradi. Hayvonlarning tana harorati bir-biridan juda farqli — filda 35 °C boʻlsa, kichik qushlarda 43 °C gacha boʻlishi mumkin.

Tana haroratiga koʻra hayvonlarni quyidagicha ajratish mumkin:
• 35 dan 38 °C gacha — odam, maymun, xachir, eshak, ot, kalamush, sichqon va fil.
• 37 dan 39 °C gacha — qoramol, qoʻy, it, mushuk, quyon va choʻchqa.
• 40 dan 41 °C gacha — kurka, gʻoz, oʻrdak, boyoʻgʻli, saqoqush va qirgʻiy.
• 42 dan 43 °C gacha — tovuq, kaptar va baʼzi keng tarqalgan mayda qushlar.

Tananing doimiy haroratini tiklash uchun hayvonlar ham odamlar singari ortiqcha issiqlikdan xalos boʻlishi kerak. Terlamaydigan hayvonlar buni nafas olish orqali amalga oshiradi, masalan, itingiz issiq kunda tilini chiqarib nafas oladi.


Hayvonot olami
Hayvonlarning tana harorati qanday?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий