Savol-javoblar

Savol-javoblar Yangi Konstitutsiyada shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashini borasida qanday yangilik kiritildi? Birinchi marta Konstitutsiyada quyidagilar belgilandi: 1. Asosiy qonun “mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi”. (Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi demokratiyaning eng oliy ifodasi bo‘lib, uning normalarini samarali amalga oshirish mexanizmlari va qoidalarini belgilovchi qonun hujjatlari qabul qilinishi … Читать далее

Yoshlar, bolalar, ayollar va oilaga g‘amxo‘rlik qilish

Yoshlar, bolalar, ayollar va oilaga g‘amxo‘rlik qilish 1. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. 2. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. … Читать далее

Inson va fuqaroning asosiy shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlash

Inson va fuqaroning asosiy shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlash 1. Asosiy qonunga “inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli” ekanligini belgilovchi yangi norma kiritildi. 2. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiq quyidagilar belgilandi: “insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari … Читать далее

Bozor munosabatlarini rivojlantirish konstitutsiyaviy mexanizmlari

Bozor munosabatlarini rivojlantirish konstitutsiyaviy mexanizmlari Konstitutsiyaviy tuzatishlar O‘zbekiston Respublikasini siyosati ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyiliga qaratilgan, fuqarolarning munosib turmush darajasi va sifatiga erishishga, muhtojlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy davlatga aylantiradi. 1. Davlat inson farovonligi va jamiyatni barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik printsiplari asosida amalga oshiradi.  2. Davlat bozor munosabatlarini … Читать далее

Fuqarolarning ekologik huquqlarini himoya qilish

Fuqarolarning ekologik huquqlarini himoya qilish 1. Muqaddimada “O‘zbekistonning yagona xalqi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishi va e’lon qilishi” belgilandi. 2. Har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchi axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlangan. Davlat: fuqarolarning ekologik … Читать далее

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur … Читать далее

Ishsizlikka qarshi kurashish

Ishsizlikka qarshi kurashish 1. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega. Mehnatga haq … Читать далее

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash 1. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. 2. Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, … Читать далее

Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi

Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi 1. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlari, shu jumladan “xabeas korpus” va “Miranda qoidasi” umume’tirof etilgan institutlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlash orqali sezilarli kuchaytirildi. Xususan, ilk marotaba Asosiy qonunda quyidagilar belgilandi: aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. … Читать далее

Advokatlar faoliyati mustaqilligining konstitutsiyaviy kafolatlari

Advokatlar faoliyati mustaqilligining konstitutsiyaviy kafolatlari 1. Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. 2. Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish printsiplariga asoslanadi. 3. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va holi uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. … Читать далее