Koinot qanchalik katta?

koinot qanchalik katta 65e71297e5a78

Koinot qanchalik katta? Inson uchun Koinotning haqiqiy oʻlchamlarini tasavvur qilishning iloji yoʻq. Biz nafaqat uning qanchalik katta ekanligini bilmaymiz, balki uning qanchalik uzoqqa choʻzilishi mumkinligini ham tasavvur qilishimiz qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, nima uchun bunday ekanini tushunamiz. Yer — bu Quyosh tizimining juda kichik bir qismidir. Quyosh tizimiga Quyosh, uning atrofida aylanadigan sayyoralar … Читать далее

Quyosh nega nur sochadi?

quyosh nega nur sochadi 65e7128a7270b

Quyosh nega nur sochadi? Ishonish qiyin, lekin tunda porlaydigan yulduzlar ham, kunduzi charaqlaydigan Quyosh ham bir xildir. Quyosh Yerga eng yaqin yulduz hisoblanadi. Biz Yerdagi hayot Quyoshga bogʻliq ekanligini bilamiz. Quyosh taftisiz Yer yuzida hayot paydo boʻlmasdi. Quyosh nurisiz yashil oʻsimliklar, hayvonlar, odamlar boʻlmasdi. Quyosh Yerdan 172 000 000 km uzoqlikda joylashgan. Quyoshning massasi Yer … Читать далее

Tumanlik nima?

tumanlik nima 65e71270691ae

Tumanlik nima? Agar kitoblarda tumanlik — ulkan spirallar, quyunlanishlar va bulutlar shaklidagi tasvirni koʻrgan boʻlsangiz, osmonda ham shunga oʻxshash narsalarni koʻrishga umid qilmang. Teleskopsiz tumanliklarning koʻpini koʻrish imkonsiz. “Tumanlik” soʻzi zaif teleskoplar orqali ularni kuzatgan astronomlarga tumanli dogʻlar kabi koʻringani sababli shunday deb nomlangan. Tumanliklarning ikkita asosiy sinfi — galaktik va galaktika tashqarisi tumanliklari mavjud. … Читать далее

Nega okeandagi suv sho‘r?

nega okeandagi suv shor 65e7126360887

Nega okeandagi suv sho‘r? Vaqti-vaqti bilan Yerimizga aloqador, hamda bizga sirli boʻlib tuyuladigan va hali javobi topilmagan baʼzi savollarga duch kelamiz. Masalan, okeanlar suvida tuz mavjudligi. U okeanda qanday paydo boʻlgan? Ha, biz tuz okeanga qanday tushganini bilmaymiz! Albatta, biz tuz suvda erishini va u okeanlarga yomgʻir suvi bilan tushishini bilamiz. Yer yuzasidagi tuz doimiy … Читать далее

Eng chuqur okean qaysi?

eng chuqur okean qaysi 65e71238067fa

Eng chuqur okean qaysi? Okeanlar asosan biz uchun sir boʻlib qolmoqda. Biz hatto okeanlarning yoshini ham bilmaymiz. Ehtimol, Yerning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida okeanlar mavjud boʻlmagan ham boʻlishi mumkin. Bugungi kunda inson ularni yaxshiroq oʻrganish uchun okean tubini tadqiq qilmoqda. 3600 metr chuqurlikka qadar okeanlarning tubi yumshoq loyqa choʻkindilar bilan qoplangan. Ular mayda dengiz hayvonlarining ohakli … Читать далее

Quyosh tizimi nega bu shaklda?

quyosh tizimi nega bu shaklda 65e711f94884a

Quyosh tizimi nega bu shaklda? Quyosh tizimi nima uchun bunday shaklga ega ekanini bilmaymiz. U Koinotdagi butunlay oʻzgacha tarzda joylashgan boshqa koʻplab quyosh tizimlari kabi boʻlishi mumkin edi. Bu ularning qanday paydo boʻlganiga bogʻliq. Ammo inson Quyosh tizimining hozirgi shakli qanday saqlanib turishini tushuntirishga imkon beradigan tabiat qonunlarini kashf etdi. Boshqa sayyoralar singari, Yer ham … Читать далее

Biz qaysi galaktikada yashaymiz?

biz qaysi galaktikada yashaymiz 65e711b8494fa

Biz qaysi galaktikada yashaymiz? Aftidan, osmondagi eng sirli va goʻzal narsa — osmonning bir chetidan ikkinchi tarafiga qarab qimmatbaho toshlar marjoniga oʻxshab choʻzilib ketgan Somon yoʻli boʻlsa kerak. Bizning Quyosh tizimimiz Somon yoʻli nomli galaktikada joylashgan. Qadimda odamlar ham, biz kabi, bu tasvirga qarab, uning goʻzalligidan hayratlanib zavqlanishgan. Bu nima boʻlishi mumkinligini bilmay, ular Somon … Читать далее

To‘lqinlar nega paydo bo‘ladi?

tolqinlar nega paydo boladi 65e7117d71eb2

To‘lqinlar nega paydo bo‘ladi? Agarda siz suv havzasi boʻyida vaqt oʻtkazgan boʻlsangiz, ehtimol tinch ob-havo sharoitida suvda deyarli toʻlqinlar boʻlmasligini, shamol va yomgʻirli kunda esa juda koʻp boʻlishini payqagandirgiz. Suvdagi toʻlqinlarning paydo boʻlishini qanday izohlash mumkin? Toʻgʻri, ularni shamol hosil qiladi. Toʻlqin — bu energiya shakllaridan birining bir joydan ikkinchi joyga koʻchish usulidir. Toʻlqinning paydo … Читать далее

Quyosh botishida osmon nega qizaradi?

quyosh botishida osmon nega qizaradi 65e7115658582

Quyosh botishida osmon nega qizaradi? Unutilmas qip-qizil osmon, jilvalangan iliq ranglar — bundanda chiroyli tasvirni tasavvur qilish qiyin. Ammo baʼzida bularning barchasiga qarab: “Quyoshning qizilligiga qara!” deymiz. Aslida, biz Quyoshning oʻzi qizarmaganini va u umuman oʻzgarmaganini bilmaymiz. Shunchaki kunning maʼlum vaqtlarida u shunday koʻrinadi. Aynan shu vaqtda bir necha ming kilometr gʻarbda yashovchi odam uchun … Читать далее

Uchar yulduzlar nima?

uchar yulduzlar nima 65e7112079dfb

Uchar yulduzlar nima? Koʻp ming yillar davomida odamlar uchar yulduzlarni kuzatib, ular nima ekanliga va qayerdan paydo boʻlganiga hayron boʻlishgan. Bir necha yillar davomida ularni boshqa olamlardan keladi deb hisoblashgan. Bugun biz ularning umuman “yulduz” emasligini bilamiz. Biz ularni “meteorlar” deb ataymiz. Ular qattiq jismdan iborat boʻlib, koinot boʻylab harakatlanib yuradi, baʼzan Yer atmosferasiga kirishi … Читать далее