Biz nega charchaymiz?

biz nega charchaymiz 65e7120648165

Biz nega charchaymiz? Charchoqni aslida zaharlanishning bir turi deb hisoblash mumkin. Tana mushaklari ishlaganda, u sut kislotasini ishlab chiqaradi. Agar charchagan mushakdan sut kislotasini olib tashlasak, u darhol yana ishga tushishi mumkin! Kun davomida biz sut kislotasi bilan “oʻzimizni zaharlaymiz”. Mushaklarning ishlashi paytida organizm ishlab chiqaradigan “charchoq toksinlari” deb nomlanuvchi boshqa moddalar ham paydo boʻladi. … Читать далее

Qon qanday aylanadi?

qon qanday aylanadi 65e7112d71caa

Qon qanday aylanadi? Oddiy qilib aytganda, qon yurak uni “haydagani” uchun aylanadi, tomir va arteriyalar esa ularni tashuvchi quvurlar sifatida ishlaydi. Qon aylanishi orqali oʻpkadan kislorod va ovqat hazm qilish organlaridan ozuqa moddalari butun tanaga tarqaladi va chiqindilar toʻqimalardan olib chiqiladi. Qon haydaladigan “quvurlar” katta va kichik ikkita ichi boʻsh naychalar tizimidan iborat. Ikkalasi ham … Читать далее

Qon guruhini qanday aniqlash mumkin?

qon guruhini qanday aniqlash mumkin 65e711135f2a4

Qon guruhini qanday aniqlash mumkin? Odamlarning qoni bir xil emasligiga ishonish qiyin va uzoq vaqt davomida fan buni bilmagan. Qonning guruhlarga koʻra farq qilishidan mutlaqo bexabar holda, bir kishining qonini boshqasiga quyib kelishgan. Ammo maʼlum boʻlishicha, bunday holatlarning taxminan yarmida sogʻayish oʻrniga bemorning ahvoli yomonlashgan va koʻpchilik hollarda u vafot etgan. Shunday qilib, tadqiqotlar boshlangan … Читать далее

Qanday qilib o‘samiz?

qanday qilib osamiz 65e70c99c8cc0

Qanday qilib o‘samiz? Barcha tirik mavjudot shakli, oʻlchamlari, qanday yaratilgani, hayot tarzi va imkoniyatlariga xos ravishda oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsishni keltirib chiqaradigan eng muhim kuchlar tirik mavjudot paydo boʻlganidan uning ichida boʻladi. Ushbu kuchlar irsiyat deb ataladi. Hayvonlarda, shu jumladan odamlarda ham oʻsish va rivojlanish bosqichlari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: embrion va ona qornidagi rivojlanish … Читать далее

Biz nega yig‘laymiz?

biz nega yiglaymiz 65e70c7f65381

Biz nega yig‘laymiz? Koʻpincha biz faqat xafa boʻlganimizdagina yigʻlaymiz, deb oʻylaymiz. Ammo inson aslida hayoti davomida taxminan 250 million marta yigʻlashini bilasizmi? Keling, yigʻlash jarayoni qanday sodir boʻlishini koʻrib chiqaylik. Bizning koʻz qovoqlarimiz aslida mushaklar yordamida koʻtarilishi va tushishi mumkin boʻlgan teri burmalaridan iborat oʻziga xos pardalar toʻplamidir. Ushbu pardalar shunchalik tez harakat qiladiki, ular … Читать далее

Ovqatni qanday hazm qilamiz?

ovqatni qanday hazm qilamiz 65e70c47155f6

Ovqatni qanday hazm qilamiz? Yashash va oʻsish uchun bizga ovqatlanishning oʻzi yetarli emas. Tana oziq-ovqatni qabul qilishi uchun uning shaklini oʻgartirishi kerak va bu jarayon “ovqat hazm qilish” deb nomlanadi. Ovqat hazm qilish ovqat ogʻizga tushib, chaynalib, yutilgach boshlanadi. Keyin u butun tana boʻylab choʻzilgan uzun, baʼzan buralgan naycha koʻrinishidagi ovqat hazm qilish traktida (yoʻl) … Читать далее

Ranglarni qanday ajratamiz?

ranglarni qanday ajratamiz 65e70bf5cf85f

Ranglarni qanday ajratamiz? Rangli fotosuratlarni olish — bu jismoniy jarayon. Ammo odamning rangni idrok etishi uning psixikasi bilan bogʻliq. Koʻzlar baʼzi tasviriy maʼlumotlarni oladi (lekin tom maʼnoda “koʻrmaydi”), uni qayta ishlaydigan miyaga uzatadi va shundan keyingina biz narsalarni ajrata olamiz. Garchi biz ranglarni miyamiz bilan “koʻrsak” va ularni farqlasak ham koʻzlar juda muhim va oʻrnini … Читать далее

Nega bizning xollarimiz bor?

nega bizning xollarimiz bor 65e708bda745f

Nega bizning xollarimiz bor? Xollar haqida eski bir rivoyat bor, unda aytilishicha, boʻlajak ona bola tugʻilishidan oldin qoʻrqsa yoki hayajonlansa, bola tanasida xol paydo boʻladi va u shu xol bilan tugʻiladi. Ushbu xol onani qoʻrqitgan narsaga oʻxshash koʻrinishda boʻlar emish! Bu oʻylab topilgan narsa. Ammo shunga qaramay, xollarning nega paydo boʻlishi va buni oldindan qanday … Читать далее

Bizni nega hiqichoq tutadi?

bizni nega hiqichoq tutadi 65e708b0e4ef7

Bizni nega hiqichoq tutadi? “Masha va Maymoq” multserialining hiqichoq haqidagi qismi esingizdami? Maymoq, boʻrilar, quyon va Masha hiqichoqdan qutulish uchun koʻp suv ichish, shar shishirish yoki nafasni uzoq muddat chiqarmasdan ushlab turish kabi usullarni sinab koʻradi. Qiziq, bizni nega hiqichoq tutadi? Keling, birgalikda shu savolga javob topamiz.  Hiqichoq — tananing tabiiy himoya reaksiyasi boʻlib, quyida … Читать далее

Quloq qanday ishlaydi?

quloq qanday ishlaydi 65e70848c30fe

Quloq qanday ishlaydi? Quloq — tanamizdagi eng qiziqarli aʼzolardan biri. U soatning past ovozdagi chiqillashini ham, quloqni qomatga keltiruvchi portlashlarni ham payqashi mumkin. Biroq bunday ajoyib imkoniyatni bizga faqat quloqning oʻzi bermaydi. “Eshitish” jarayoni tovushdan boshlanadi. Tovush toʻlqinlari deb ataladigan havo tebranishlari qulogʻimizning quloq pardasiga kelib uriladi. Biz bu toʻlqinlarni koʻrish yoki sezish imkoniga ega … Читать далее