Vitaminlarni maxsus qabul qilish shartmi?

vitaminlarni maxsus qabul qilish shartmi 65e5a96cb9b95

Vitaminlarni maxsus qabul qilish shartmi? Vitaminlar — oziq-ovqat tarkibidagi moddalar guruhi. Ular organizmning faoliyati va salomatligi uchun kerakdir. Tabiiyki, shu sababli koʻpchilikda kerakli vitaminlarni yetarli miqdorda olayapmanmi degan savol tugʻiladi. Tananing vitaminlarga boʻlgan ehtiyoji juda oz miqdorda boʻlishiga qaramasdan, odamlarning bu haqida tashvishlanishi asossiz emas. Bu ularning ovqatlanish tartibi, yaʼni ular qabul qiladigan oziq-ovqatga bogʻliq. … Читать далее

Organizmga C vitamini nega kerak?

organizmga c vitamini nega kerak 65e5a95faf1bf

Organizmga C vitamini nega kerak? Bu savolga javobni biroz gʻalati tarzda boshlaymiz. Bir paytlar Britaniya dengiz floti dengizchilarini “limi” (“limon” soʻzidan) deb atashganini bilarmidingiz? XVII asrning boshlarida East India kompaniyasi ingliz kemalarini meva bilan taʼminlashni, dengizchilarga esa har kuni bir donadan limon berishni boshlagani sababli ularga shunday laqab qoʻyilgan. Singa ( vitamin yetishmasligi tufayli yuz … Читать далее

Nega yelpig‘ich bilan yelpinganimizda salqinlashamiz?

nega yelpigich bilan yelpinganimizda salqinlashamiz 65e5a952dd682

Nega yelpig‘ich bilan yelpinganimizda salqinlashamiz? Sovuq yoki issiqni his qilganda aslida qon haroratini sezamiz. Tashqi haroratdan qatʼi nazar, o‘rtacha tana harorati 37 daraja Selsiyga teng. Ammo bu ichki haroratimizning pasaymasligi yoki koʻtarilmasligini anglatmaydi. Bu ham sodir boʻladi. Ammo bu tebranishlar qanday boʻlmasin, tana har doim haroratni normal holatga qaytarishga intiladi. Bu jarayon qon harorati tushganda, … Читать далее

Odamlar qoni bir xilmi?

odamlar qoni bir

Odamlar qoni bir xilmi? Har qanday odamning qoni asosan bir xil tanachalar, plazma va boshqa kimyoviy moddalardan iborat. Ammo turli odamlarda tanachalar va plazmadagi kimyoviy moddalarning tashkiliy shakli, konsentratsiyasi farq qiladi. Toʻrtta asosiy guruh yoki qon turi mavjud boʻlib, shunga mos ravishda har bir kishi qondagi maʼlum bir protein molekulalarining mavjudligi yoki yoʻqligiga koʻra A, … Читать далее

Rezus-faktor nima?

rezus faktor nima 65e5a9385c474

Rezus-faktor nima? Odam biron sababga bilan koʻp qon yoʻqotsa, uning hayotini qon quyish orqali saqlab qolish mumkin. Jabrlanganning qon aylanish tizimiga boshqa odamning qoni quyiladi va yoʻqotilgan miqdor oʻrni toʻldiriladi. Bizga maʼlum birinchi qon quyish 1677-yilda, oʻlayotgan bola tomirlariga qoʻzi qoni quyilganda amalga oshirilgan. Bu bolakayning omadi chopib, u tirik qolgan. Hozirgi vaqtda quyi hayvonlarning … Читать далее

Taloq nima?

taloq nima 65e5a91e5d6f6

Taloq nima? Tanamizda biz haligacha kam biladigan va vazifalari hali toʻliq oʻrganilmagan aʼzo borligiga ishonish qiyin. Bu aʼzo — taloq. Taloq haqida keng tarqalgan bir latifa mavjud. Tibbiyot fanidan imtihon olayotgan professor talabadan taloqning funksiyalarini sanab berishni soʻraydi. Talaba: “Kechagina ularni bilardim, hozir esa hamma narsa xayolimdan koʻtarildi”, — deb javob beradi. Buni eshitgan professor: … Читать далее

Ko‘z rangi nimaga bog‘liq?

koz rangi nimaga bogliq 65e5a9116c3c3

Ko‘z rangi nimaga bog‘liq? Koʻz tanamizdagi eng gʻaroyib aʼzolardan biridir. Bu yorugʻlik nurini kiritish uchun sozlanadigan teshikka, koʻrish uchun yorugʻlik toʻlqinlarini fokuslaydigan linza — koʻz gavhariga va bu tasvirlar muhrlanadigan sezgir plyonkaga ega fotokameraga oʻxshash narsa. Ammo bu yerda qanday qilib koʻrishni muhokama qilmaymiz, balki biroz koʻzning tuzilishi haqida gaplashamiz. Uning shakli deyarli mukammal ravishda … Читать далее

Ko‘rlikka nima sabab bo‘ladi?

korlikka nima sabab boladi 65e5a8f81d24a

Ko‘rlikka nima sabab bo‘ladi? Dunyoda kamida 14 000 000 nafar koʻzi ojiz inson yashashini bilarmidingiz? Koʻrlikning koʻp darajasi boʻlgani uchun uni taʼriflash qiyin. Baʼzi odamlar hatto yorugʻlikni ham koʻrmaydi. Boshqalar esa faqatgina yorugʻlikni zulmatdan ajrata oladi. Yana birilari har qalay maʼlum foiz koʻrish qobiliyatiga ega. Yer yuzidagi barcha koʻzi ojizlarning faqat kichik bir qismigina tugʻilganidan … Читать далее

Antibiotiklar qanday ta’sir qiladi?

antibiotiklar qanday tasir qiladi 65e5a8eb7bd29

Antibiotiklar qanday ta’sir qiladi? Antibiotiklar kimyoviy moddalardir. Ular tanaga tushgandan soʻng ayrim mikroblarni oʻldirib yoki oʻsishini toʻxtatib, tanaga kasallik bilan kurashishda yordam beradi. Bu dorilarga nisbatan “antibiotik” nomi 1942-yildan beri qoʻllanmoqda. Bu soʻz “hayotga qarshi” maʼnosini anglatuvchi ikkita yunoncha soʻzdan olingan. Antibiotiklar biz mikrob va bakteriyalar deb ataydigan hayot shakllariga qarshi kurashadi. Antibiotiklarning koʻpchiligi mikroblardan … Читать далее

Tush bashorat qiladimi?

tush bashorat qiladimi 65e5a4eecd002

Tush bashorat qiladimi? Agar turli vaqtlarda turli xalqlar orasida boʻlgan tushlar bilan bogʻliq barcha xurofotlar tavsifini toʻplashga harakat qilsak, ular bilan butun bir kutubxonani toʻldirish mumkin. Bu xurofotlarning aksariyati tushlarga maʼlum bir mazmun, shu jumladan, bashorat maʼnosini beradi. Tushlar kelajakni bashorat qilishiga ibtidoiy odamlar ham ishongan. Yevropada odamlarning tushiga koʻra ularning kelajagini bashorat qila olishini … Читать далее