Yovvoyi va uy quyoni o‘rtasidagi farq nima?

Yovvoyi va uy quyoni o‘rtasidagi farq nima?

Quyon dunyodagi eng beozor hayvonlardan biridir. Ushbu hayvonning naqadar yuvosh, hurkak, himoyasiz jonzot ekanligini eslab, juda koʻp dushmani boʻlgan bu dunyoda ularning qanday omon qolganiga hayron qolish kerak. Balki siz uning orqa oyoqlari qanchalik kuchli ekanini payqagandirsiz? Quyonning tezligi va chidamliligi orqa oyoqlarining kuchiga bogʻliq. Shuningdek, siz quyonlarning tez koʻpayishini bilsangiz kerak? Bu ularning omon qolishining yana bir sababidir.

Quyonlar kemiruvchilardir, yaʼni ular uzun va oʻtkir old tishlarga ega. Ularning orqa oyogʻi oldiga qaraganda uzunroq, shuning uchun ular pastga tushishdan koʻra yuqoriga tezroq yuguradi. Dushmanlardan qochayotganda esa ular turli xil hiyla-nayranglar ishlatadi. Masalan, izini chalkashtirib yuborishi yoki taʼqib qiluvchilarni adashtirish uchun uzoqqa sakrashi mumkin. Shuningdek, bir-birini xavf haqida ogohlantirib, orqa oyogʻi bilan yerni tepadi. Yovvoyi va uy quyonlar oʻtxoʻrlardir, ular faqatgina daraxtlarning qobigʻi bilan oziqlanishi mumkin.

Yovvoyi va uy quyonlar oʻrtasida juda koʻp farq mavjud. Yovvoyi quyonlar kattaroq, panja va qulogʻi ham uzunroq. Ular ham uy quyoni kabi uya qazimaydi va gala boʻlib yashamaydi. Yovvoyi quyonlar koʻzi ochiq va yungli tugʻiladi, xonakilarining esa koʻzi yumuq, yungsiz boʻladi. Yana bir maʼlumot, yovvoyi va xonaki quyonlar hech qachon bir-biri bilan chatishmaydi. Shimoliy Amerikada quyonning koʻplab turi yashaydi. Eng taniqlilaridan biri, Amerika quyoni boʻlib, uni odatda yanglish Amerika uy quyoni deb ham atashadi. U Gʻarbning istalgan joyida uchraydi.

Amerika quyonining uzunligi 0,5 metrga yetadi va quloqlari juda katta. U shunchalik ildamki, baʼzida 6 metrgacha uzoqlikka sakrashi mumkin. Ular Gʻarb fermerlariga juda koʻp zarar yetkazganligi tufayli koʻpincha odamlar tomonidan biron joyga qamaladi va yoʻq qilinadi. Biz “Alisa moʻjizalar mamlakatida” asari orqali taniydigan mart quyoni Yevropada keng tarqalgan. Juftlashish davri boʻlgan mart oyida u xavflarni unutadi, kunning istalgan vaqtida paydo boʻlib, akrobatik sakrashlarni amalga oshira boshlaydi.

Uy quyonlari Oʻrta dengizning gʻarbiy qirgʻoqlaridan kelib chiqqan. Ular kirishimli mavjudotlar boʻlib, uyasida birga yashaydi. Uy quyonlari olti oylikdan boshlab juftlashishi mumkin. Ularning avlodlari bir oydan keyin paydo boʻladi. Bir vaqtning oʻzida uchtadan sakkiztagacha tugʻilishi va urgʻochi uy quyoni bir yil ichida toʻrttadan sakkiztagacha quyonchani dunyoga keltirishi mumkin. Shuning uchun uy quyonining tabiiy kushandalari boʻlmasa, ular katta zarar yetkazishi hech gap emas. Masalan, bir necha yil oldin Avstraliyaga atigi uch juft uy quyoni olib kelingan edi, hozirgi vaqtda ular milliy ofatga aylanib ulgurdi.


Hayvonot olami
Yovvoyi va uy quyoni o‘rtasidagi farq nima?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий