Quyoshdagi dog‘lar qanday paydo bo‘ladi?

Quyoshdagi dog‘lar qanday paydo bo‘ladi?

1680-yilda oʻz teleskopini yaratgan Galileo Galiley Quyoshdagi dogʻlarni koʻrgan birinchi kishi boʻlgan. Ular Galileyning trubkasi orqali Quyoshning oq diskidagi qora tuynuklarga oʻxshab koʻringan. Quyosh dogʻlarini deyarli har qanday havo ochiq kunda kuzatish mumkin. Ular oʻlchamlariga koʻra juda farq qiladi. Baʼzilari Quyosh yuzasidagi mayda nuqtaga oʻxshaydi, boshqalari esa ancha katta oʻlchamlarga ega. Bir safar olimlar uzunligi deyarli 150 000 km, eni esa 95 000 km boʻlgan dogʻni kuzatishga muvaffaq boʻlgan.

Astronomlar ushbu dogʻlarning kelib chiqishi Quyoshda sodir boʻladigan elektromagnit jarayonlar bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida yetarlicha ishonchli dalillarga ega. Ular Quyoshning ichki qismidan “U” lotin harfi shaklida, juft boʻlib otilib chiqadigan, elektrlashgan materiyaning ulkan girdoblari ekani isbotlangan. Quyosh dogʻlari paydo boʻlganida ajralib chiqadigan elektr energiyasi kosmosga manfiy zaryadlangan zarralar — elektronlar to‘plami shaklida yuboriladi. Ularning baʼzilari Yer atmosferasiga kirib, undagi turli xil hodisalarga sababchi boʻladi. Bunday hodisalardan biri — shimol yogʻdusi.

Bundan tashqari, bu elektron nur taramlari radio shovqinlarini keltirib chiqaradi va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi ozon qatlamining kengayishiga olib keladi. Quyosh dogʻlarining aksariyati paydo boʻlganidan keyingi dastlabki kunlardayoq gʻoyib boʻladi. Ammo baʼzilari ikki oy yoki undan ham koʻproq vaqt davomida qoladi. Ular kattalashadi, keyin esa soni kamayadi. Bu sikllar 21 yildan sal koʻproq vaqt davom etadi. Ular oʻtgan asrning oʻrtalaridan beri muntazam ravishda kuzatilmoqda va olimlar ularni hamda bizning hayotimizga taʼsirini oʻrganishda davom etmoqda.


Koinotga sayohat
Quyoshdagi dog‘lar qanday paydo bo‘ladi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий