Yulduzlar nimadan iborat?

Yulduzlar nimadan iborat?

Tungi qorongʻi falakda bizga kichik moviy nuqta boʻlib koʻrinadigan yulduzlar aslida biznikiga oʻxshash yorqin quyoshlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular qizigan gazlarning ulkan, sharsimon toʻplamidir. Ular shunchalik qaynoqki, yuzasiga yaqinlashgan poʻlat boʻlagi bir zumda bugʻga aylanib ketadi. Koʻpgina yulduzlarda bu gazlarning zichligi juda past, chunki yulduzlarni tashkil etuvchi turli moddalar atomining zarralari bir-biridan ancha katta masofada joylashgan.

Har bir yulduz koʻplab kimyoviy elementlardan tashkil topgan. Masalan, Quyoshda kamida 60 ta element borligi aniqlandi. Ular orasida vodorod, geliy, temir, kalsiy, magniy va boshqalar bor. Sovuq yulduzlarda moddalar asosan domna pechida qaynayotgan temirga oʻxshash suyuq holatda boʻladi. Juda eski va eng sovuq yulduzlarda materiya zarralari shu qadar zich “qadoqlanganki”, uning kub santimetrining ogʻirligi bir tonna yoki undan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Ular soʻngan yulduzlar deb ataladi. Yulduzlar yuzasidan material namunalarini olish imkoni boʻlmagani uchun astronomlar ularni oʻrganish uchun maxsus asbob — spektroskoplardan foydalanadi.

Spektroskop yulduzning nurlanish spektri, yaʼni yulduz chiqaradigan toʻlqinlar uzunligi toʻplamini olish imkonini beradi. Spektr yordamida olimlar yulduzning kimyoviy tarkibi va uning haroratini aniqlashi mumkin. Har bir kimyoviy elementning maʼlum bir yorugʻlik toʻlqin uzunligi bor, nurlanish intensivligi esa uning issiqlik darajasini aniqlab beradi.


Koinotga sayohat
Yulduzlar nimadan iborat?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий