Kometa portlashi mumkinmi?

Kometa portlashi mumkinmi?

Qadimgi davrlarda osmonda kometani koʻrgan odamlar qoʻrquvdan titrar edi. Ular kometalarni mudhish ofat, dahshatli kasalliklar epidemiyasi, urush, zilzila va shunga oʻxshash kulfatlar darakchisi deb hisoblagan. Endi bu kabi qoʻrquvlar oʻtmishda qoldi, ammo haligacha koʻpchilik kometalarni Yerga katta zarar yetkazishi mumkin deb oʻylaydi. Masalan, hozirda sayyoramiz yaqinida boʻlgan kometa portlasa nima boʻladi? Bilishimizcha, kometalar portlamaydi, lekin baʼzida parchalanishi mumkin. Masalan, bir necha bor kuzatilgan muayyan bir kometa 1846-yilda ikkiga boʻlingan. Oxir-oqibat, ularning har biri mayda boʻlaklarga boʻlinib, meteor oqimini hosil qilgan va noyabr oyining oxirgi kunlarida uni muntazam kuzatish mumkin. Shunday qilib, ertami-kechmi har bir kometa nobud boʻladi va mayda boʻlaklarga boʻlinib, orbitasi boʻylab, meteor changi shaklida sochilib ketadi.

Kometa keng tarqalgan notoʻgʻri tushunchalarga koʻra, kosmosda dahshatli tezlikda uchib yurgan yaxlit ulkan palaxsa tosh emas. Olimlarning fikriga koʻra, bu gazlarning tortishish kuchi bilan ushlab turilgan qattiq zarrachalarning ulkan oqimidir.

Kometaning eng yorqin qismi — uning boshi. Kometa boshining markazi eng ogʻir zarrachalardan iborat boʻlib, u yadro deb ataladi. Yadro atrofida kometaning qobiq deb ataladigan qismi joylashgan. Bu diametri 250 000 km va undan ortiq boʻlgan, tumanli, bulutsimon narsadir. Kometa orqasida siyraklashgan gaz va juda mayda zarrachalardan tashkil topgan quyruq choʻziladi.


Koinotga sayohat
Kometa portlashi mumkinmi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий