Quyosh qachon so‘nadi?

Quyosh qachon so‘nadi?

Bunday savolning oʻzi gʻayrioddiy tuyulishi mumkin. Axir Quyosh abadiy nur sochmaydimi? Afsuski, yoʻq. Quyosh oddiy yulduz ekanini bilamiz, har qanday yulduz esa ertami-kechmi soʻnadi. Bir paytlar olimlar Quyosh asta-sekin soviyapti yoki yonib tugayapti deb hisoblagan. Bu haqiqatan ham sodir boʻlayotgan boʻlsa, uning energiyasi hech boʻlmaganda yana bir necha ming yillarga yetishi bizga maʼlum.

Aslida, bunday emasligi shubhasiz. Agar Quyosh yonib tugamayotgan boʻlsa, unda u bilan nima sodir boʻlyapti? Zamonaviy ilm-fan Quyosh taratadigan energiya uning ichida sodir boʻladigan reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi degan nazariyani tasdiqlaydigan dalillarga ega. Ularning mohiyati shundan iboratki, dahshatli harorat taʼsirida vodorod atomlari birlashib, geliy atomlari yadrolarini hosil qiladi. Shunga oʻxshash reaksiya portlash paytida juda katta miqdordagi energiya chiqaradigan termoyadroviy qurol — vodorod bombasi asosida ham yotadi.

Shunday qilib, bu masala Quyoshdagi vodorod zaxiralari yana qancha vaqt yetishiga bogʻliq. Vodorodning yonib tugash jarayoni hozirgi tezlikda davom etishini faraz qilsak, Quyosh yana 150 milliard yil nur taratadi. Bu jarayon natijasida Quyosh massasi atigi bir foizga kamayadi. Shuning uchun hatto juda uzoq kelajakda ham uning soʻnishi mumkinligidan xavotirlanishga asos yoʻq.


Koinotga sayohat
Quyosh qachon so‘nadi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий