Okeanlar qanday shakllangan?

Okeanlar qanday shakllangan?

Yer tarixida hali yechilmagan jumboqlar talaygina. Ulardan biri — okeanlar qanday paydo boʻlgani haqidagi savol. Haqiqatan ham, biz bu qachon sodir boʻlganini aniq bilmaymiz. Lekin Yer rivojlanishining dastlabki davrlarida ular mavjud boʻlmagandek koʻrinadi. Ehtimol, okean dastlab ulkan bugʻ bulutlari shaklida boʻlib, yuza sovishi mobaynida suvga aylangan boʻlishi ham mumkin. Olimlarning okeandagi mineral tuzlar miqdori haqidagi maʼlumotlarga asoslangan hisob-kitoblarga koʻra, bu 500 000 000–1 000 000 000 yil oldin sodir boʻlgan. Zamonaviy nazariyalarga koʻra, bir vaqtlar sayyoramizning deyarli butun yuzasi dengiz boʻlgan. Yerning baʼzi hududlari bir necha bor dengiz toʻlqinlari ostida qolgan. Lekin okean tubining muayyan qismi quruqlik boʻlgan-boʻlmagani — nomaʼlum.

Maʼlum bir davrlarda quruqlikning turli mintaqalari sayoz dengizlar bilan qoplangani haqida koʻplab dalillar mavjud. Qattiq quruqlikda topilgan ohaktosh, qumtosh va loy slaneslarining aksariyati millionlab yillar davomida dengiz tubiga choʻkkan mineral tuzlardan hosil boʻlgan choʻkindi jinslardir. Oddiy boʻr bu — bir vaqtlar dengizlarda yashagan mayda jonzotlar chigʻanogʻining presslangan toʻdasi.

Bugungi kunda okean toʻlqinlari Yer yuzasining deyarli toʻrtdan uch qismini egallagan. Hali odam uchun okean tubini oʻrganmagan koʻplab mintaqalar boʻlsa-da, biz ularning koʻrinishi qanday ekanini taxminan bilamiz. Ularning yuzasi qitʼalarniki kabi xilma-xil boʻlmasa-da, ammo ularda ham togʻ tizmalar, tekislik va teran chuqurliklar mavjud.


Qiziqarli geografiya
Okeanlar qanday shakllangan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий