Okean suvi ko‘tarilishidan foydalanish mumkinmi?

Okean suvi ko‘tarilishidan foydalanish mumkinmi?

Dengiz bo‘yida bo‘lganda suvning ko‘tarilishi va pasayishi vaqtida qirg‘oq yaqinidagi suv sathi farqini payqash mumkin. Dunyoning ba’zi joylarida u 12 metrni tashkil qiladi. Suvning bunday davriy harakati inson uzoq vaqt davomida e’tibor bermagan kuchli energiya manbai ekani aniq. Agar buni sharshara va daryolar singari ishlatish imkoni bo‘lganida, unda juda katta miqdordagi energiyani atrof-muhit uchun mutlaqo zararsiz tarzda olish mumkin edi.

Suvning ko‘tarilish va pasayishi hisobiga ishlaydigan birinchi gidroelektrostansiya Fransiyada — Bretani yonidagi Sent Malo yaqinida qurilgan. U Kotanten yarim orolining etagida, Dinard va Sent Malo o‘rtasidagi joylashgan bo‘lib, Atlantika to‘lqini bilan birga La Mansh bo‘g‘oziga haydab kiritilgan 56 million ot kuchining yarmini elektr energiyasiga aylantira oladi. To‘g‘onga o‘rnatilgan 24 ta qurilma yiliga 540 million kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu ko‘rsatkich yirik daryolarda qurilgan ba’zi gidroelektrostansiyalar ishlab chiqargan quvvatdan kamroq, ammo bu gidroelektrostansiya ishonchliroq. Negaki dengiz suvning ko‘tarilish va pasayishi o‘zgaruvchan ob-havoning “injiqlik”lariga bog‘liq emas.


Qiziqarli geografiya
Okean suvi ko‘tarilishidan foydalanish mumkinmi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий