Nega Yer ichi qaynoq?

Nega Yer ichi qaynoq?

Yer qobig‘i tashqi qismining qalinligi turli joylarda 15 dan 50 km gacha bo‘lib, Yerning markaziga yaqinlashgan sari uning harorati ko‘tarilib boradi. Taxminan har 40 m da u bir darajaga oshadi. Uch kilometr chuqurlikda u shu qadar issiqki, u yerga suv to‘ldirilgan stakan tushirilsa, suv qaynashni boshlaydi. Agar Yer yuzasida 50 km chuqurlikka tushish imkoni bo‘lganda, termometr 1100 °C ni ko‘rsatgan bo‘lardi. Bunday sharoitda hatto qoyatoshlar ham eriy boshlaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, Yer markazida harorat 5500 °C ga yetadi.

Yer qobig‘i ikki qatlamdan iborat. Yuqori qismi — qit’alarning granit plitalari. Uning ostida esa bazalt deb ataladigan juda qattiq qora tosh jinsining qalin qatlami joylashgan. U okean chuqurliklarini hosil qiladi va qit’alar uning ustida yotadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, Yerning markazi diametri taxminan 6500 km bo‘lgan suyuq temirdan iborat qizigan shardir. Nega bunday? Ko‘pgina ilmiy nazariyalarga ko‘ra, Yer bir vaqtlar Quyoshdan ajralib chiqqan. U Quyosh atrofida aylana boshlaganida gazsimon, suyuq va qattiq moddalardan iborat olov massasi bo‘lgan.

Vaqt o‘tishi bilan bu massa birmuncha sovigan va doimiy aylanish tufayli asta-sekin qutblari atrofi biroz yapaloq shar shaklini olib, hajmi kamaygan. Nihoyat, u shunchalik soviganki, yuzasida qattiq qobiq paydo bo‘lgan. Bu jarayon qancha davom etganini hech kim ayta olmaydi, ammo mavjud dalillar shuni ko‘rsatadiki, qattiq qobiq ostida yashiringan Yerning yadrosi hali ham o‘sha boshlang‘ich otashnafas massa bo‘lib qolmoqda.


Qiziqarli geografiya
Nega Yer ichi qaynoq?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий