Cho‘lda har doim issiqmi?

Cho‘lda har doim issiqmi?

Biz cho‘llarda doim issiq bo‘ladi deb o‘ylashga odatlanganmiz. Darhaqiqat, hammaga tanish bo‘lgan Sahroi Kabir kabi cho‘llarning aksariyati dunyoning termometrdagi suyuqlik tom ma’noda qaynay boshlaydigan va quyoshning jazirama nuri rahm-shafqat bilmaydigan hududlarida joylashgan. Lekin bu cho‘l chidab bo‘lmas issiqlik abadiy hukm suradigan joy degani emas.

Keling, cho‘l nima ekanini aniqlashga urinib ko‘raylik hamda nima uchun bunday ekanini tushunib olamiz. Cho‘l bu — namlik tanqisligi tufayli faqat o‘ziga xos hayot shakllari yashay olishi mumkin bo‘lgan mintaqa. Issiq cho‘llar masalasida hamma narsa aniq: u yerda yomg‘ir kam yog‘adi va bu bizning ta’rifimizga to‘liq mos keladi. Biroq barcha suv muzlagan holatda bo‘lgani uchun u o‘simliklar tomonidan so‘rilmaydigan joyni tasavvur qiling. Bunday mintaqa ham cho‘l ta’rifiga to‘liq mos bo‘lib, faqat issiq emas, balki sovuqdir. Arktikaning katta qismi haqiqiy cho‘l ekanini bilasizmi? U yerda yillik yog‘ingarchilik (faqat yomg‘ir nazarda tutilmoqda) darajasi 40 foizdan kam va suvning katta qismi hech qachon erimaydigan muzdir.

Ammo qaynoq cho‘llarda ham sovuq bo‘ladi. Masalan, Markaziy Osiyoda joylashgan buyuk Gobi cho‘lida qishda qirchillama sovuq bo‘ladi. Quruq va har doim issiq cho‘llarning aksariyati yer shari atrofida ekvatorning shimoli va janubi bo‘ylab cho‘zilgan ikki mintaqada joylashgan. Doimiy yuqori atmosfera bosimi tufayli u yerda deyarli hech qachon yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ekvatordan uzoqroqda joylashgan boshqa cho‘llarning mavjudligi ularning “yomg‘ir soyasi” hududida bo‘lgani bilan izohlanadi. Bu atama dengiz tomondan kelayotgan bulutning qit’a ichiga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi tog‘ tizmalari tomonidan yaratilgan effektni bildirish uchun ishlatiladi. Yirik daryoning hech biri cho‘ldan boshlanmaydi.

Lekin daryolar dengizga boradigan yo‘lda cho‘l hududidan oqib o‘tishi mumkin. Masalan, Nil O‘rta dengizga Sahroi Kabir orqali oqib boradi. Shimoliy Amerikadagi Kolorado daryosi o‘zanining katta qismi ham cho‘ldan o‘tgan.


Qiziqarli geografiya
Cho‘lda har doim issiqmi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий