Nega Buyuk Britaniya grafliklarga bo‘lingan?

Nega Buyuk Britaniya grafliklarga bo‘lingan?

Angliya, Uels, Shotlandiya va Irlandiyaning hozirgi vaqtdagi grafliklarga boʻlinishi ming yildan ortiq davr mobaynida tarixiy, qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarning uzoq davom etgan jarayoni natijasidir. Bu anglo-sakslar davrida, Angliya umumiy nomi “shir” (“shire” soʻzining oʻzbekcha transkripsiyasi) boʻlib, koʻplab zamonaviy grafliklar, masalan, Yorkshir, Lankashir va boshqalarning nomlarida saqlanib qolgan viloyatlarga boʻlinganida boshlangan. Bu viloyatlarga boʻlinish mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish va mudofaa qilish tamoyillaridan kelib chiqqan. 1066-yilda Angliyani zabt etgan norman istilochilari bu tizimni oʻtmishdoshlaridan oʻzlashtirgan.

Keyinchalik mukammallik asta-sekin Shotlandiya va Uels bilan chegaradosh hududlarga yetib borgan. Tomirlaridagi ingliz qoni uelsliklar qoni bilan aralashgan Tyudor sulolasi davridan beri Uelsdagi grafliklar chegarasi biroz oʻzgardi. Shotlandiyada asrlar davomida inglizlarnikidan ancha farq qiladigan va sheriflar tomonidan boshqariladigan hududlar tizimi mavjud boʻlgan. Irlandiyaning grafliklarga boʻlinishi Genri II davrida yuqori martabali feodal zodagonlar tomonidan amalga oshirilgan va 5 asrdan keyin Oliver Kromvel tomonidan yanada takomillashtirilgan.

Soʻnggi asrlarda Britaniya grafliklari xaritasida mamlakat ijtimoiy hayotidagi yangilanishlarni aks ettiruvchi, doimiy oʻzgarishlar yuz berdi. Bu oʻzgarishlarni keltirib chiqaradigan eng muhim omillardan biri bu “sanoat inqilobi” davrida aholining bir mintaqadan boshqasiga, ayniqsa qishloq joylardan shaharlarga koʻchishi edi.

Graflikning qolgan qismiga qaraganda koʻproq odamlar istiqomat qiladigan eng yirik shaharlar 1929-yilda ular tarkibidan chiqarilib, alohida maʼmuriy birliklarga aylantirildi. Bundan tashqari, bir graflik boshqasini “yutib yuborgan” holatlar ham boʻldi. 1965-yilda Katta London maʼmuriy viloyatining tashkil etilishi natijasida Midlseks grafligi nomi faqat pochta konvertlaridagina qoldi. Ayrim grafliklarda biri tarixiy, ikkinchisi esa sanoat, savdo va maʼmuriy markaz hisoblangan ikkitadan poytaxt paydo boʻldi.


Qiziqarli geografiya
Nega Buyuk Britaniya grafliklarga bo‘lingan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий