Gavayi orollari qanday shakllangan?

Gavayi orollari qanday shakllangan?

Gavayi AQSh tarkibidagi eng yosh shtatdir. U Kaliforniyadan taxminan 2400 mil janubi-gʻarbda joylashgan Tinch okeanidagi bir guruh orollardan iborat. Shtat 8 ta katta va koʻplab kichik orollarni oʻz ichiga olib, taxminan 6420 kvadrat mil maydonni egallaydi. Gavayi afsonalaridan biriga koʻra, bir vaqtlar Pele ismli vulqon maʼbudasi boʻlgan va orollarni u yaratgan. U vaqti-vaqti bilan orollardagi kraterlarga qaytadi va vulqon otilishni boshlaydi. Qizigʻi, Gavayi orollari aslida okean tubidan koʻtarilgan ulkan vulqonlarning yuqori qismidir. Masalan, boshqa barcha orollarni qoʻshib hisoblaganda ham ulardan ikki baravar kattaroq boʻlgan Gavayi oroli (“Katta orol”) otilgan lava bir-birining ustiga qatlamlangan beshta vulqondan hosil boʻlgan. Ulardan ikkitasi hali ham faol boʻlib, orolning qurilish jarayoni davom etmoqda.

Ushbu vulqonlardan biri boʻlgan Mauna-Loa bir necha yilda bir bor otiladi. 1950-yilda u 23 kun davomida otilib turgan va lava dengizga oqib tushgan. Suv juda qizib ketgani sababli koʻplab baliqlar nobud boʻlgan.

Boshqa vulqon — Mauna-Kea uyquda. Bu Tinch okeanidagi eng baland togʻ. Vulqon dengiz sathidan 4200 metr balandlikda, ammo uning asosi 5840 metr chuqurlikda joylashgan. Agar uning balandligi suv ostidagi asosidan oʻlchanadigan boʻlsa, bu vulqonni dunyodagi eng baland togʻ deb hisoblash mumkin.

Maui orolida balandligi 3055 metr boʻlgan Xaleakala vulqoni mavjud. U dunyodagi eng katta faol boʻlmagan vulqon boʻlib, kraterining koʻndalang oʻlchami taxminan 20 mil, chuqurligi esa 830 metrni tashkil qiladi.


Qiziqarli geografiya
Gavayi orollari qanday shakllangan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий