Birinchi universitet qachon paydo bo‘lgan?

Birinchi universitet qachon paydo bo‘lgan?

Oʻrta asrlarda umumiy manfaatlarni himoya qilish uchun tashkil etilgan har qanday jamoa yoki guruh universitet deb nomlangan. Shuning uchun birinchi taʼlim universitetlari ularni himoya qilish uchun tashkil etilgan oʻqituvchi va talabalar uyushmalari boʻlgan. Ular doimiy binoga ega boʻlmagan. Oʻqituvchi va talabalar shunchaki zal yoki boshqa katta xonani ijaraga olgan.

Vaqt oʻtishi bilan bu uyushmalar kengayib, binolar qurilgan, ular maʼlum huquq va imtiyozlarga erishgan, universitetlar doimiy boʻlgan. Birinchi bunday universitet Italiyaning Salerno shahrida tashkil topgan. Taxminan IX asrdan boshlab u tibbiy taʼlim muassasasi sifatida keng tanilgan. Bu muassasa universitet sifatida rasmiy ravishda 1231-yilda tan olingan.

XIX asrning oxiriga kelib Italiyaning Bolonya shahrida koʻp tarmoqli universitet paydo boʻlgan. Unda huquq, tibbiyot, sanʼat va ilohiyotdan taʼlim berilgan.

Oʻrta asr oliy oʻquv yurtlarining eng mashhuri rasmiy ravishda XII asrning ikkinchi yarmida tashkil etilgan Parij universiteti edi. U keyinchalik Yevropada paydo boʻlgan barcha universitetlar uchun namuna hisoblangan. Eng qadimgi ikki ingliz universiteti Parij universiteti namunasida va unga oʻxshash shaklda tashkil etilgan.

Oksford va Kembrij XIII asrda rasman tan olingan. Bilganimizdek, universitet koʻplab kollej yoki fakultetlardan iborat boʻlib, turli mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olish imkoniyatini beradi. Koʻpgina taʼlim muassasalari kollej sifatida ish boshlab, keyinchalik universitetlarga aylangan. 1636-yilda Massachusets shtatining Kembrij shahrida tashkil etilgan Garvard AQShdagi birinchi kollejdir. Bugungi kunda u yirik universitet hisoblanadi.


Muhim kashfiyotlar
Birinchi universitet qachon paydo bo‘lgan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий