Yerning og‘irligi qancha?

Yerning og‘irligi qancha?

Yer koinotda muallaq osilib turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qoʻyib oʻlchab boʻlmaydi. Yerning vazni toʻgʻrisida gapirganimizda, u tashkil topgan moddalar miqdorini nazarda tutamiz. Bu massa deb ataladi. Yerning massasi taxminan 5,976 sekstillion tonnaga teng. Bu raqam haqida aniq tasavvur hosil qilishingiz uchun uni toʻliq keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar Yerning massasi aynan shuncha ekanini qanday hisoblashgan? Ular buni aniqlash uchun ikki jismning oʻzaro tortishish qonunidan foydalanishgan. Gravitatsiya kuchi aynan shu tortishishga bogʻliq. 

Sodda qilib aytganda, ikki jismning oʻzaro tortishishi ularning massasi va oʻrtasidagi masofaga bogʻliq. Narsalar qanchalik katta boʻlsa, ularni bir-biriga tortuvchi kuch shunchalik sezilarli boʻladi. Ular bir-biridan qancha olisda boʻlsa, bu kuch shunchalik kichik boʻladi. Yerning vaznini oʻlchash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: ipga kichkroq yuk osib qoʻyiladi, soʻngra uning aniq holati oʻlchanadi. Keyin bu yukning yoniga bir tonna qoʻrgʻoshin qoʻyiladi. Yuk va qoʻrgʻoshin oʻrtasida tortishish paydo boʻladi, natijada yuk biroz chetga ogʻadi (bu ogʻish amalda 0,00002 millimetrdan kamroqni tashkil qiladi. Shuning oʻziyoq oʻlchov qanchalik aniq boʻlishi kerakligini koʻrsatadi). 

Olimlar bunday oʻlchashdan keyin matematika yordamida Yerning vaznini hisoblab chiqishi mumkin. Ular vaznga nisbatan yerning tortishish kuchini hamda osigʻlik turgan yukni oʻziga tortgan bir tonna qoʻrgʻoshin kuchini oʻlchashdi. Hisoblab chiqilgan nisbiy farq Yerning massasini koʻrsatadi. Bu massa nimadan hosil boʻladi? Unga qattiq togʻ jinslaridan iborat qobiq, keyin mantiya deb ataladigan 2880 km ichkariga kiruvchi qattiq jinslardan iborat qatlam, soʻngra ichki qism — yadro (radiusda taxminan 3360 km) kiradi. Yadro Yer markazidagi yuqori harorat tufayli suyuq boʻladi.


Sayyoralar
Yerning og‘irligi qancha?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий