Boshqa sayyoralar ham aylanadimi?

Boshqa sayyoralar ham aylanadimi?

   Keling, ularni birma-bir koʻrib chiqamiz va har bir holatda nima boʻlishini koʻramiz. Merkuriy Quyosh atrofida 88 kun ichida aylanadi. Olimlarning fikricha, Merkuriy oʻz oʻqi atrofida 58 yoki 59 kun ichida aylanadi. Bu Merkuriy taxminan 180 yer kuni uzunligidagi quyoshli kunga (kecha va kunduzni oʻz ichiga olgan davr) egaligini anglatadi.

   Yaqinda ma’lum boʻldiki, Zuhra oʻz oʻqi atrofida 243 kun ichida aylanar ekan. Mars Yer bilan deyarli bir xil tezlikda aylanadi. Uning oʻqi ogʻganligi sababli u Yer kabi bir xil yil fasllariga ega.

   Barcha sayyoralarning eng kattasi Yupiter juda tez aylanadi. Uning oʻz oʻqi atrofida bitta aylanib chiqishi uchun 10 soatdan kam vaqt talab qilinadi.

   Saturn ham juda tez aylanadi. Unga buning uchun atigi 10 soat-u 14 daqiqa kerak. Uran deyarli yon tomonida yotgani uchun juda gʻalati aylanadi.

   Neptun va Pluton boshqalarga nisbatan eng uzoq va kam oʻrganilgan sayyoralardir. Neptun oʻz oʻqi atrofida 18,5 soat ichida aylanadi, uning Quyosh atrofidagi yoʻli 165 yilni egallaydi. Plutonga esa Quyoshni bir marta aylanib chiqishi uchun  249 yer yili kerak boʻladi.

   Hozirgi vaqtda biz kosmik tadqiqotlar asrida yashayapmiz, olimlar quyosh tizimining boshqa qismi haqida yanada koʻproq bilishga intilmoqda, insoniyat esa boshqa sayyoralarning harakati haqida batafsil bilimga ega boʻlmoqda.


Sayyoralar
Boshqa sayyoralar ham aylanadimi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий