Yer markazida nima borligini biz qayerdan bilamiz?

Yer markazida nima borligini biz qayerdan bilamiz?

Olimlar (hatto asboblar yordamida ham) Yer qa’riga juda chuqur kirib borish imkoni boʻlmagani uchun uning ichki tarkibini oʻrganishda tadqiqotning boshqa usullaridan foydalanishadi. Shunday usullardan biri — vulqonlar otilishini oʻrganishdir. Vulqonlar Yer yuzasiga qizigan gazlarni va suyuq togʻ jinslarini chiqarib tashlaydi. Bu Yer qa’ridagi harorat juda issiq ekanini koʻrsatadi.

Yana bir usul — zilzilalarni oʻrganishdir. Zilzila vaqtida paydo boʻladigan toʻlqinlar Yerning ichki qismini rentgen surati kabi aks ettiradi. Zilzila roʻy berayotganda togʻ jinslari orqali turli tomonga har xil tebranishlar tarqaladi. Bu tebranishlar seysmik toʻlqinlar deb ataladi. Ular turli materiallardan turli tezlikda oʻtadi, bir togʻ jinsidan ikkinchisiga oʻtayotganda esa yoʻnalishi ham oʻzgaradi.

Olimlar bunday toʻlqinlarni oʻta sezgir asboblar yordamida oʻrganib, Yer qa’rida nima borligini bilishi mumkin. Ular 2880 km chuqurlikda seysmik toʻlqinlar harakati keskin oʻzgarishini aniqlashdi. U yerda toʻlqinlarning ayrim turlari yoʻnalishini oʻzgartiradi, boshqalari esa butunlay yoʻq boʻlib ketadi. Shuning uchun ushbu chuqurlikda material oʻzgarishi boʻlishi kerak. Zilziladan hosil boʻladigan zarba toʻlqinlari turli seysmik stansiyalarga turli vaqtda yetib boradi. Bu qisman toʻlqinlarni oʻtkazadigan material sababli yuz beradi. Bunda Yer qa’rida nimalar borligini topadigan boshqa kalit bor.

Yer qa’rida nima bor, degan savolga qisqa javob quyidagicha: qattiq togʻ jinslaridan tarkib topgan ustki qatlam. Uning qalinligi qit’alar ostida 48 kilometrni, okeanlar ostida esa 5 kilometrni tashkil etadi. Qobiqning ostida ham qattiq jinslardan tarkib topgan mantiya boʻlib, u 2880 km chuqurda joylashgan. Yerning ichki qismi – yadro. Yadro ham ikkiga boʻlinadi. Аsosan erigan temir va nikeldan tashkil topgan tashqi suyuq yadro mavjud, uning ichida esa diametri 2560 km boʻlgan ichki qattiq metall yadro bor.


Sayyoralar
Yer markazida nima borligini biz qayerdan bilamiz?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий