Yer har doim Quyoshdan bir xil masofa uzoqda bo‘lganmi?

Yer har doim Quyoshdan bir xil masofa uzoqda bo‘lganmi?

Nima uchun yozda issiq, qishda sovuq boʻlishini bilasizmi? Bu Yer sayyorasi oʻqining holati u Quyosh atrofida aylanayotgan vaqtda oʻzgarishi natijasida yuz beradi. Аgar bu osmon jismlari oʻrtasidagi katta masofani hisobga olsak, bu oʻzgarish juda kichik. Аmmo bu oʻzgarish bizni yozda issiq, qishda esa sovuqni his qilishimiz uchun yetarli.

Аgar Yerdan Quyoshgacha boʻlgan masofa oʻzgarsa, hayot qanday boʻlishini tasavvur qila olasizmi? Аgar Yer Quyoshdan uzoqroqqa surilsa, sovuq tufayli yashash imkonsiz boʻlib qolar, yaqinlashganda esa kuchli issiqdan yonib ketgan boʻlar edik. Аslida Yerdan Quyoshgacha boʻlgan masofa har doim deyarli bir xil boʻladi va u taxminan 148 million kilometrni tashkil qiladi. Аmmo Quyosh atrofida aylanadigan sayyoralarning orbitalari yumaloq emas va shuning uchun boshqa koʻplab sayyoralarning Quyoshgacha boʻlgan masofasi yil davomida sezilarli darajada oʻzgarib turadi. Misol uchun, Quyoshdan eng uzoqda joylashgan Plutonning (u 2006-yildan buyon mitti sayyora hisoblanadi) orbitasi boshqa sayyoralarga qaraganda dum-dumaloq emas. Veneradan Quyoshgacha boʻlgan masofa 107 million kilometrdan 108 million kilometrgacha oʻzgaradi. Mars sayyorasi Quyosh atrofida aylanishi uchun 687 kun kerak boʻladi. Ushbu sayohat davomida Quyoshgacha boʻlgan masofa oʻzgarib turadi, lekin oʻrtacha 226 720 000 kilometrni tashkil qiladi. Yer va Marsdan keyingi uchinchi sayyora Yupiter Quyoshgacha boʻlgan masofa sezilarli darajada farq qiladigan sayyoraga misol boʻla oladi.

Shunday qilib, biz sayyoradan Quyoshgacha boʻlgan masofani muhokama qilishda oʻrtacha qiymat olinishini koʻramiz. Oʻzgarishlarning yuzaga kelishiga Quyosh tizimidagi sayyoralarning oʻzaro tortishishi sababchidir.


Yulduzlar
Yer har doim Quyoshdan bir xil masofa uzoqda bo‘lganmi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий