Quyosh qanchalik issiq?

Quyosh qanchalik issiq?

Odatda odamlarning Quyosh ham oddiy yulduzlardan biri ekaniga ishonishi qiyin. Bizning kundalik tajribamizga koʻra, yulduzlar yorugʻligi sovuq va xira boʻlgan osmondagi kichik nuqtalar, Quyosh esa ularning aksi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Yerdan uzoqligi boʻyicha Quyoshdan keyingi oʻrindagi, eng yaqin yulduzgacha boʻlgan masofa Quyoshgacha masofadan 150 000 baravar katta. Lekin Quyoshning tabiati boshqa yulduzlarning tabiati bilan bir xil, yaʼni u ham issiq gazlar toʻplamidir.

Quyosh yuzasidagi harorat qanday? Olimlarning fikriga koʻra, u taxminan 6000 °C ga teng. Buni koʻz oldingizga keltirishingiz uchun poʻlat quyish uchun oppoq choʻgʻ holatigacha eritilgan temirning harorati taxminan 1430 °C boʻlishini eslatib oʻtamiz. Quyoshning ichki qismiga kelsak, olimlarning fikriga koʻra, u yer yanada issiqroq — 20 000 000 °C. Ammo bu hozircha faqat taxmindir. Biz Quyoshning ichki tuzilishi haqida juda kam maʼlumotga egamiz. Hatto zamonaviy qurilmalar yordamida ham toʻrtta gazsimon materiya qobigʻi ostida yashiringan Quyosh yadrosini koʻrish juda qiyin.


Yulduzlar
Quyosh qanchalik issiq?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий