Quyosh qanday paydo bo‘lgan?

Quyosh qanday paydo bo‘lgan?

Bir paytlar Peruning qadimgi aholisi boʻlgan inklar oʻzini “Quyosh bolalari” deb atagan va samoviy jismlar shohiga sajda qilib, marosimlar oʻtkazgan. Albatta, bu qabila Quyoshni tangri deb hisoblab xato qilgan, ammo ular ushbu sayyorasiz Yer yuzida hayot boʻlmasligi masalasida haq edi. Agar Quyosh toʻsatdan nur sochishdan toʻxtasa, Yer deyarli bir zumda jonsiz choʻlga aylanadi. Quyosh oʻzgacha narsa deb daʼvo qilib boʻlmaydi, albatta. U ham boshqa yulduzlar kabidir, eng katta yoki kichigi ham emas, eng yorqini yoki nursizi ham emas — koinotdagi millionlab oddiy yulduzlardan biri. U bizga eng yaqin yulduz boʻlib, Yerning unga nisbatan qulay joylashuvi sayyoramizda yashashga yaroqli sharoitlarni yaratdi.

Quyosh hayotimizda muhim ahamiyatga ega boʻlishiga qaramay, biz uning qanday paydo boʻlgani haqida juda kam narsani bilamiz. Gap shundaki, haligacha yulduzlarning kelib chiqishi haqida yagona nazariya mavjud emas. Mavjud farazlardan biriga koʻra, Quyosh tortishish kuchi taʼsirida materiya (kosmik chang va gazlar) toʻplanishidan hosil boʻlgan. Boshqasiga koʻra, u ham boshqa yulduzlar singari juda zich jismlardan paydo boʻlgan. Spektroskop ixtirosi Quyoshni oʻrganishda inqilob yaratdi, chunki olimlar nihoyat uning kimyoviy tarkibini aniqlashga muvaffaq boʻldi. Ammo Quyoshning kelib chiqishi haqidagi savol hali ham ochiq qolmoqda.


Yulduzlar
Quyosh qanday paydo bo‘lgan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий