Rentgen nurlarini kim kashf qilgan?

Rentgen nurlarini kim kashf qilgan?

Rentgen nurlari tarixi 100 yildan sal koʻproq vaqt oldin boshlanganini bilarmidingiz? XIX asrning oʻrtalarida Geynrix Geysler ismli kishi yuqori kuchlanishli elektr zaryadi naychadagi vakuum orqali oʻtganda chiroyli yorugʻlik effekti paydo boʻlishini aniqlagan. Keyinchalik ser Uilyam Kruks yorugʻlik effektining sababi zaryadlangan zarralar ekanini isbotlagan.

Soʻngra Genrix Gers bu nurlar yupqa oltin va platina plastinalar orqali oʻta olishini namoyish etgan. Uning shogirdi Lenard nurlar naychadan ochiq havoga chiqishi uchun ushbu moddalardan “tuynuklar” yasagan. Shunday qilib, biz haqiqiy rentgen nurlari kashfiyotiga keldik. 1895-yilda Vilgelm Rentgen ana shunday, ammo “tuynuksiz” naylardan biri bilan tajriba oʻtkazgan. U toʻsatdan yaqin atrofdagi baʼzi kristallar yorqin porlaganini payqagan. Rentgen ilgari kashf etilgan nurlar (katod nurlari deb ataladigan) bu effektni hosil qilish uchun shisha orqali oʻta olmasligini bilgani sababli u bu nurlarning yangi turi boʻlishi kerak deb taxmin qilgan. Boshqa nurlardan va yorugʻlikdan farq qiluvchi bu koʻrinmas nurlarni izohlab boʻlmagani sababli Rentgen ularni X-nurlar, yaʼni kelib chiqishi nomaʼlum nurlar deb atagan.

Keyinchalik olimlar ularni rentgen nurlari deb atadi. Rentgen nurlari rentgen naychasida hosil qilinadi. Undan havoning katta qismi soʻrib olingan. Nay ichiga ikkita elektrod oʻrnatilgan va elektronlar biridan (katod) ikkinchisiga (anod) harakatlanadi. Volframdan yasalgan kichik qalqon toʻsatdan ularning oqimini toʻxtatadi. Bu elektronlar energiyasining katta qismi issiqlikka aylanadi, ammo ularning baʼzilari rentgen nurlanishini chiqaradi. Rentgen nurlari juda qisqa toʻlqin uzunligiga ega boʻlgani uchun ular buyumlar orqali oʻta oladi. Toʻlqin uzunligi qanchalik qisqa boʻlsa, ularning oʻtish kuchi shunchalik yuqori boʻladi.


Muhim kashfiyotlar
Rentgen nurlarini kim kashf qilgan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий