Mog‘or nima?

Mog‘or nima?

Oshxonada nam paket ichida unutib qoldirilgan bir boʻlak nonni bir necha kundan keyin topganingizda, u yashil rangdagi, momiqday, mayin qatlam bilan qoplanganini hech koʻrganmisiz? Bunday hollarda non mogʻorlagan yoki mogʻor bosgan deyiladi. Bu mogʻor qayerdan paydo boʻlishi mumkin va u oʻzi nima? Avvalo shuni taʼkidlash kerakki, yashil va qora mogʻor spora (oʻsimlik, zamburugʻ va baʼzi sodda jonivorlarning koʻpayishi, yashashi uchun xizmat qiluvchi boshlangʻich urug‘) lari havoda deyarli hamma joyda mavjud. Agar ular qulay sharoitlarga tushib, ozuqa moddalariga ega boʻlsa, tez surʼatlarda koʻpayishni boshlaydi.

Agar oʻrgimchak toʻriga oʻxshash mogʻor mikroskop ostida koʻrib chiqilsa, u ikki xil turdagi novdalarga ega, koʻplab uzun va rangsiz iplardan iborat ekanini koʻrish mumkin. Uzun novdalarning uchida ichida sporalar boʻlgan kichik qora sharchalar mavjud. Qisqaroq boʻlganlari esa mogʻor joylashgan yuzaga (bizning misolimizda non boʻlagiga) chuqur kirib boradi. Ular nafaqat mogʻorning oʻrnashishiga, balki uning oʻsishi uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalarni soʻrib olishga ham yordam berib, mogʻor uchun boshqa oʻsimliklarning ildizi kabi xizmat qiladi. Bu turdagi novdalar har qanday mogʻorda mavjud. Boshqacha qilib aytganda, bu mogʻor yashil oʻsimliklar singari oʻzi uchun ozuqa ishlab chiqarishga qodir emasligini anglatadi, shuning uchun ham olimlar uni eng oddiy zamburugʻli parazit oʻsimlik sifatida tasniflaydi.

Aksariyat odamlar hayotda asosan ikki turdagi — qora va yashil mogʻorga duch keladi. Taxmin qilganingizdek, bu nomlar ushbu navlarning rangiga mos keladi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, mogʻorning keng tarqalishi, avvalambor, atrofimizdagi havoda uning sporalari koʻpligi bilan bogʻliq. Yangi mahsulotlar, konserva, meva va hatto charm buyumlar darhol sporalar tomonidan “hujumga uchrab”, mogʻor zamburugʻlari koloniyasi paydo boʻlishi uchun ularni bir yoki ikki kunga iliq, nam xonada unutib qoldirish yetarli. Nonda paydo boʻladigan yashil mogʻor tuproqda yashaydigan va hammaga yaxshi tanish boʻlgan penitsillin preparatini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladigan boshqa turiga juda oʻxshaydi.


Mikroorganizmlar
Mog‘or nima?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий