Hujayra qanday ish bajaradi?

Hujayra qanday ish bajaradi?

Hujayra — har qanday tirik mavjudotni tashkil etuvchi qurilish materiali. Barcha tirik mavjudotlar bitta yoki koʻpgina hujayradan tashkil topadi. Eng sodda oʻsimlik va hayvonlar bitta hujayradan iborat. Murakkab hayvon va oʻsimlik organizmlarida hujayralar birgalikda ishlaydi. Ularning har biri oʻsimlik yoki hayvon tanasida oʻz vazifasini bajaradigan guruhlarga boʻlingan.

Toʻqima — muayyan bir ishni bajaradigan, maʼlum bir turdagi hujayralar guruhi. Masalan, suyak, mushak va teri toʻqimasi mavjud. Toʻqimalar maʼlum bir vazifani bajarish uchun birlashganida, bunday toʻqimalar guruhi aʼzo deb ataladi. Bunga suyak, mushak, asab va boshqa toʻqimalardan tashkil topgan inson qoʻli misol boʻla oladi. Inson tanasida eng muhim beshta hujayra turi mavjud.

Teri, bez, shuningdek, qon tomirlarining qobigʻi epiteliy hujayralaridan iborat. Uch xil mushak turi ham mushak hujayralaridan tashkil topgan. Qon hujayralarini qon va limfada uchratish mumkin. Biriktiruvchi toʻqima hujayralari tana karkasini tashkil qiladi. Yuqori hayot shakllarida qon aylanish tizimi barcha hujayralarga ozuqa moddalari va kislorodni olib borib, karbonat angidrid kabi chiqindilarni olib chiqadi.

Ayrim hujayralar ozuqa moddalarini kislorod bilan asta-sekin birlashtirib, organizmning hayotiy faoliyati va ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan issiqlik va energiya ishlab chiqaradi. Aynan shu energiya tufayli mushaklar qisqarishi, nervlar signal uzatishi, miya esa oʻylashi mumkin.


Mikroorganizmlar
Hujayra qanday ish bajaradi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий