Yulduzlar haqida qiziqarli faktlar

Yulduzlar haqida qiziqarli faktlar

# Yerga eng yaqin yulduz qaysi? Yerga eng yaqin yulduz Quyosh bo’lib, u Yerdagi energiyaning asosiy manbai ham hisoblanadi.

# Yulduz nima? Yulduz — bu nur taratadigan samoviy jism deganidir. Bilganingizdek, sayyoralar faqat aks etuvchi nur sochadi. Sayyoralar porlaydi, yulduzlar esa miltillaydi. Bu miltillash Yer va yulduzlar oʻrtasidagi havo tebranishlari tufayli koʻrinadi. Oʻzgaruvchan havo yulduzdan kelayotgan yorugʻlik nurini ogʻdiradi va u titrayotganga oʻxshaydi.

# Astronomlar ma’lumotlarni nimalarga yig’ishgan? Astronomlar yulduzlar haqidagi maʼlumotlarni zijlarga yigʻishgan.

# Astronomlar yulduzning massasi, yoshi, kimyoviy tarkibi va boshqa narsalarni qanday aniqlay olishadi? Astronomlar yulduz massasi, yoshi, kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri, yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi. 

Boshqalar o’qimoqda: Dubay haqida faktlar

# Yulduzning xarakteristikalari qanday aniqlanadi? Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning oʻtmishi, diametri, aylanishi, harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali yoki Hertzsprung–Russell diagrammasi (H-R diagramma), yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi.

# Yulduz nimadan boshlanadi? Yulduz vodoroddan iborat materiya buluti kollapsi bilan boshlanadi, unda oz miqdorda geliy va ogʻirroq unsurlar ham boʻlishi mumkin. 
# Nega kunduz kuni yulduzlar ko’rinmaydi? Quyoshning Yer sayyorasizga yaqinligi sababli kunduz kuni yulduzlar biga ko’rinmaydi. Tun qorong’usida aynan eng yorqin yulduzlar quyosh botishi bilan ko’zimizga ko’rinadi. 

# Osmonda nechta yulduz bor? Bu javobga hech bir inson javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar ham yulduzlarning barchasini ko’rishi mumkin emas. Yer bor yo’g’i kichik bir sayyora bo’lib u o’rtacha kattalikdagi yulduz bo’lib u quyosh atrofida aylanadi. Somon yo’li samodagi galaktikalardan biridir. Bu degani bizning galaktikamizdan tashqari yana minglar boshqa galaktikalar bor. 

Boshqalar o’qimoqda: Al Xorazmiy haqida 8 ta faktlar

#  Yulduz yadrosi yetarlicha zich boʻla boshlaganida vodorodning bir qismi yadroviy reaksiya orqali zudlik bilan geliyga aylanadi.

# Juft va koʻp-yulduzli tizimlar bir-biri bilan gravitatsiya orqali bogʻlangan va bir-birining atrofida sobit orbitalarda aylanuvchi ikki yoki undan oshiq yulduzlardan iborat boʻladi. Bunday yulduzlar evolutsiyasiga ularning oʻzaro gravitatsiyasi katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Yulduzlar klaster yoki galaktika kabi oʻzaro gravitatsiyaviy bogʻliq yanada kattaroq tizimlar ichiga kirishi mumkin.

# Yulduzlar nega insoniyat uchun muhim sanaladi? Tarixan, yulduzlar dunyo tamaddunlari uchun muhim boʻlib kelgan. Ular diniy rituallar qismi va astronomik navigatsiya, yoʻl topish uchun kerak boʻlgan. Koʻpgina qadimgi astronomlar yulduzlar osmon sferasida qoʻzgʻalmay turadi, deb ishonishgan.

# Musulmon olimlari yulduzlarni o’rganish uchun qanday ishlar bajarishgan? Oʻrta Asrlardagi musulmon astronomlar yulduzlarga shu kunda hamon ishlatiladigan nomlar berishgan, yulduzlar joylashuvini hisoblash uchun asboblar ixtiro etishgan. Ular ilk katta rasadxonalar qurib, zijlar yigʻishgan. Bular orasiga yulduzlar, klasterlar (jumladan, Omicron Velorum va Brocchi klasteri) va galaktikalarni (jumladan, Andromeda galaktikasi) kuzatgan fors astronomi Abdulrahmon al-Soʻfiy yozgan Qoʻzgʻalmas yulduzlar kitobi (964) kiradi.

Boshqalar o’qimoqda: Eng kreativ haykallar

# Josep Puig yozishicha, Al-Andaluslik astronom Ibn Bajja 1106–1107-yillardagi Yupiter va Mars roʻpara turishini kuzatib, Somon Yoʻli bir-biriga deyarli tegib turadigan, nuri oy ostidagi materialdan qaytgani uchun yaxlit koʻrinadigan yulduzlardan tashkil topgani haqidagi fikrni oʻrtaga tashlagan.

# Yulduzlarning fizik tuzilishi haqidagi muhim konseptual ishlar XX asr birinchi yarmidan boshlandi. 1913-yili Hertzsprung-Russell diagrammasi yaratilib, yulduzlar astrofizikasi olgʻa siljidi. 

 

Ma’lumotlar quyidagi manbalardan olindi: 

O’zbek tilidagi wikipedia

Sinaps.uz

Surat

Yutube kanal

Foydali maqolalar
Yulduzlar haqida qiziqarli faktlar

Оставьте комментарий