Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

# Gigant pandalarning (Ailuropoda melanoleuca) o’rtacha umri tabiatda 18-20 yil va asirlikda 30 yil. Bir vaqtlar yovvoyi pandalar butun janubiy va sharqiy Xitoyda, shuningdek Myanma va Vetnamda topilgan. Biroq, ular hozirgi kunda dunyodagi eng xavfli hayvonlardan biri hisoblanadi. 

Самая старая панда

# Serko’z baliqlar Tinch okeanining shimoli-sharqiy qismida 91-910 m (300-3000 fut) chuqurlikda yashovchi va ilm-fan tomonidan faqat 1958 yilda kashf etilgan olti ko’zli arvoh baliqlari (Bathylychnops exilis).

# Eng katta qo’y 1991 yil mart oyida ro’yxatga onlingan bo’lib u 1,09 metrlik Stratford Whisper 23H Suffolk qo’chqori bo’lgan. Qo’chqor AQShlik Jozef va Susanga tegishli bo’lgan.

Самый высокий овец

# Eng qimmat qo’y – Sportsmans Double Diamond (Buyuk Britaniya), Texel qo’chqorli qo’zichoq, 2020 yil 27 avgustda Buyuk Britaniyaning Lanark shahrida bo’lib o’tgan kim oshdi savdosida 367 500 funt sterlingga (490 473 dollar / 411 307 yevro)ga sotilgan. 

# Bo’ri o’z juftini topgandan so’ng, umri davomida kasallik va sog’likda ham, yaxshi va yomon kunlarda ham o’lilmga qadar birga qolishadi. Albatta, urg’ochi bo’ri bolalarini dunyoga keltirgandan so’ng alfa erkak va oiladagi barcha bo’rilar yosh bo’richalarni tarbiyalashda va ularning omon qolishini ta’minlashda yelkama-yelka turadilar. Monogamiya (bir juft bilan umr kechirish) tendentsiyasidan tashqari, bo’rilar o’z oilalari va boshqa to’dadagi yaqinlari uchun kuchli ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradilar. Ular to’da / oila birligini saqlab qolish uchun o’zlarini qurbon qilishlari ma’lum. 

волки

# Sichqon va kalamushlar ajoyib xotiraga egalar. Kalamushlarning ko’rish qobiliyati pastligiga qaramay ular o’zlari yurgan yo’lni hech qachon yoddan chiqarmaydilar. 

# Kalamushlar bir-birlariga yordam beradilar. Ularga boshqa yordamga muhtoj kalamushga yordam berish yoki shokolad yeyish imkoniyati berilganda ko’pchilik kalamushlar o’z qondoshlariga yordam berishga oshiqadilar. 

мышки

# To’tiqushlar hamma narsadan oziqlanadigan hayvonlardir, ya’ni ular go’sht va sabzavotlarni ham iste’mol qiladilar. To’tiqushlar urug’larni yaxshi ko’radilar va ularni kun bo’yi mazza qilib bilan yeyishlari mumkin. Ularning kuchli tumshug’i yong’oqlarni yorishni osonlashtiradi! Shuningdek, ular gullar, mevalar va hasharotlarni iste’mol qiladilar. Garchi to’tiqushlar ko’prina narsani yeyuvchi bo’lsalar ham, ularni go’sht bilan boqishning hojati yo’q, chunki ular meva va sabzavotlarni bemalol paqqos tushira olishadi.
Aslida, sevimli to’tiqushingiz uchun rang-barang oziq-ovqat berilishi ular uchun foydadan holi emas.

попугай

# Dengiz toshbaqasi inida tuhum qo’yganda tuhum ichidagi toshbaqachaning jinsi hali shakllanmagan bo’ladi. Ya’ni u na erkak na urg’ochi bo’ladi. Dengiz toshbaqalachalarining jinsga bo’linishi boshqa jonzotlardagidek urug’lanish jarayoniga bog’liq bo’lib qolmay, balki bunday holatda indagi harorat tuhumdagi toshbaqachani erkak yoki urg’ochi bo’lishiga ta’sir qiladi. Agar harorat 28-29 °C dan issiqroq bo’lsa tuhumni urg’ochi toshbaqacha yorib chiqadi. Agar harorat 28-29 °C dan pastroq bo’lsa tuhumni erkak toshbaqacha yorib chiqadi.   

dengiz toshbaqachasi

# Nemis ovcharkasi– sun’iy yetishtirilgan turdir. Ovcharkalarning ajdodlari hozirgi Skandinaviya va Rossiyaning shimoliy sharqida istiqomat qilgan. Ularning qonida bo’rilarning ham qoni oqqan. Nemis ovcharkalari turining ilk namoyandasi Grayf laqabli it Germaniyaning Gannover shahrida 1882 yilda taqdim etilgan. Ularni yetishtirish bilan rotmistr Maksom fon Shtefanits boshchilik qilgan nemis ovcharkalarining ishqibozlari Klubi shug’ullangan. 1923 yilga kelib dunyo bo’ylab ushbu turning yetishtiruvchilari soni 27 mingdan oshgan.

ovcharka

# Eng baland it Zevsdir (AQSh). Uning 2011 yil 4 oktyabrda bo’yi 1,118 m bo’lgan. Zevsning vazni 70,30 kg bo’lib u har ikki haftada taxminan 13,6 kg ovqat iste’mol qiladi.

eng baland it

# Pingvin so’zi uelscha “qalam” (bosh) va oq degan ma’noni anglatuvchi “gwyn” so’zlaridan kelib chiqqan. Ko’pgina pingvinlar soatiga 24,4 tezlikda suzishi mumkin.

pingvinlar haqida

# Chayonlar hasharotlar turiga kirmaydi, ya’ni ular hasharot hisoblanmaydi. Chayonlar taqa qisqichbaqalari va dengiz o’rgimchaklari kabi guruh tarkibiga kiradilar. Taxminan 450 million yil avval ba’zi dengiz chayonlarining uzunligi 1 metrdan oshiqroq bo’lgan bo’lishi mumkin. Bugungi kunda saqlanib qolgan chayonlarning eng katta turi ko’pincha Osiyoning 23 smgacha o’sadigan ulkan o’rmon chayonlari hisoblanadi. Ularning og‘irligi esa 56 grammgacha bo’ladi.

chayon

# Dunyo bo’yicha 500 milliondan ortiq mushuklar uy hayvonlari sifatida boqiladi. Raqamning bunday kattaligiga sabab, mushuklar eng mashhur uy hayvonlari sanaladi. “PDSA” (Hayvonlarni himoya qilish tashkiloti deb tahmin qilindi) ma’lumotlariga qaraganda, Buyuk Britaniyaning o’zida 51% insonlar o’z uylarida mushuk boqadilar.

uyquchi mushuk

# Dengiz otlari baliqlarning bir turi hisoblanadilar. Eng kichik dengiz oti atigi 14 mm uzunlikdadir. 

dengiz oti

# Kabutarlar osmonda mukammal harakatlanishlari uchun ularda “kompas” bordir. Ular yaxshi rivojlangan vizual xotiraga ega: ular atrofdagi muhit va havodagi hidlarni eslashadi. Bu hislatlari yordamida esa ular har doim uyga yo’l topadilar. Ammo, ko’rish qobiliyatlari yoki hid sezish organlariga ziyon yetsa, ular darhol o’z “kompas” laridan ayriladilar. 

Kabutarlar faktlar

# Sherlarning vazni qancha? O’rtacha erkak sherning vazni 190 kg, kichikroq urg’ochi sherning vazni esa 130 kg. Umuman olganda, erkak sherlar nafaqat vazni, balki bo’yi va uzunligi bo’yicha ham urg’ochi sherlardan kattaroqdir.

Sherlar rasmi

# Meduzalar baliq emas. Meduzalarning tuzilishiga qarab ularning baliq emasligiga ishonch hosil qilish qiyin emas. Bu turdagi jonzotlar Cnidaria filumidan umurtqasiz hayvonlar turkumidan bo’lib, taksonomik guruh sifatida juda xilma-xildirlar, ko’plab olimlar ularni oddiygina “jelatinli zooplankton” deb atashgan. Meduzalarda baliq kabi qanotlar yo’q. Buning o’rniga ular “qo’ng’iroqlarini” ochish va yopish orqali suzadilar. 

Meduzalar

# Tuyalar cho’lda suvsiz qolishadi, shuning uchun ular tahminan 150 litr suvni bir martaning o’zida ichishadi. Qizig’i shuki, ichilgan suv ularning o’rkashlarida saqlanmasligini inobatga olsak, tuyalar haqiqiy mo’jizaviy hayvondek bo’lib ko’rinadi ko’zimizga. 

Tuyalar%20cho%27lda

# Qadimiy Xitoyda imperatorning «pekines» zotli jajji iti bo‘lgan. It uning yengi ichkarisida yurgan va xavf tug‘ilishi bilan yeng ichidan sakrab pastga tushgan-u, dushmanga tashlangan. Pekines so’zining ma’nosi tahminan kichik, yungli va tekis burunli kuchuk deganidir. 

# Itlar jami 250 ta so‘z va belgini tushuna oladi. Beshgacha sanaydi, matematikadan oddiy misollarni ham yecha olishadi. Ularning intellekti ikki yashar bola intellektiga teng.

Kuchuklar

# Bulbul bolasi tuxumdan 13—14 kunda ochib chiqadi. Bulbullar hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanib, foyda keltiradi.
Bubullar faqat tunda emas balki kunduzi ham sayraydilar. Lekin bu ajoyib qushlarning sayrashlari tunda aniq va yoqimliroq bo’ladi, sababi tunda boshqa qushlarning ovozidan holi ravishda kuylaydilar. 

Bulbul shohda

# Agar fil o’lsa, uning oila a’zolari o’lgan filning suyaklariga juda yaxshi g’amxo’rlik qilishadi. Afrika fili va Osiyo filining quloq o’lchamlarida farq bor. Afrika filining quloqlari Osiyo fillarinikidan uch barobar katta. Afrika fillari bir-birlariga signal berish va himoya qilish kabi sabablarga ko’ra uzun quloqlaridan foydalanadilar.

Fillar haqida

Asosiy foto manbasi

Foydali maqolalar
Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

Оставьте комментарий