Tyulenlar suvostida yashay oladimi?

Tyulenlar suvostida yashay oladimi?

Hammamiz sirkda oʻrgatilgan tyulenlarni koʻrganmiz va hayvonot bogʻida ularni tomosha qilish juda qiziqarli boʻlgani uchun bu bizga zavq bagʻishlaydi. Ajablanarli tomoni shundaki, koʻpchilik bu hayvonlar haqida deyarli hech narsa bilmaydi. Tyulenlarga dengiz mushugi, arsloni, fili va morjlar kiradi.

Tyulenlar sutemizuvchi boʻlib, ular sigir yoki it kabi odatiy sutemizuvchilar, kit kabi dengiz sutemizuvchilari oʻrtasida oraliq boʻgʻimdir. Darhaqiqat, tyulenlar bir vaqtlar suvda yashash uchun moslashishga majbur boʻlgan quruqlikdagi sutemizuvchilardan kelib chiqqan. Ularning kitlar kabi suvda uzoq yashashiga toʻgʻri kelmaganligi tufayli suvda yashashga unchalik moslashmagan. Tyulenlar doimo suvostida yashay olmaydi.

Bundan tashqari, ular bolasini quruqlikda dunyoga keltiradi. Koʻpgina hollarda urg‘ochi tyulenlarga bolalarini suzishga oʻrgatishiga toʻgʻri keladi. Shu sababli tyulenlar quruqlik va dengiz sutemizuvchilari oʻrtasidagi oraliq boʻgʻim ekanligi shubhasiz. Suvdagi hayotga moslashgan sari ular bilan baʼzi oʻzgarishlar yuz bergan. Shu tarzda ularning pardali orqa oyogʻi va suzgichlari paydo boʻlgan. Ularda sovuqdan himoya uchun teriosti yogʻining qalin qatlami hosil boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan suzish paytida suvning qarshiligini kamaytirish uchun quloqlar kichrayib yoki butunlay yoʻq boʻlib ketgan hamda dengiz mahsulotlari — sakkizoyoq va baliqlar bilan oziqlana boshlagan.

Tabiat tyulenlarni suvda yashashga ancha moslashtirgan boʻlsa-da, ular koʻp vaqtini quruqlikda ham oʻtkazadi. Ular quyoshda toblanishni, qirgʻoqda yoki muz ustida uxlashni xush koʻradi. Ular yerda sudralib yoki suzgichlariga tayangan holda tanasini oldinga tortib harakatlanadi. Qoʻshma Shtatlarda Kaliforniya dengiz sherlari koʻpchilikka tanish. Ular chaqqon va aqlli. Ularni burun uchida toʻpni oʻynatishga osongina oʻrgatish mumkin.

Tyulenlarning odatlari ularni odam uchun oson oʻlja qiladi. Ayniqsa, bu yosh hayvonlarning vazn olish mavsumiga toʻgʻri keladi va bu vaqtda ularga qirgʻoq yoki muz ustida yaqinlashish juda oson. Koʻp asrlar davomida eskimoslar tyulenlardan oziq-ovqat sifatida, kiyim-kechak tayyorlash, pishirish va yoritish uchun yogʻ olishda foydalanadi.


Atrofimizdagi tirik mavjudotlar
Tyulenlar suvostida yashay oladimi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий