Ilonbaliqlar qayerda dunyoga keladi?

Ilonbaliqlar qayerda dunyoga keladi?

Ilonbaliqlar oilasining uzun, sirgʻanchiq, qamchi shaklidagi vakillari eng ajib tirik mavjudotlar sanaladi.

Agar bu baliq turlaridan birini kuzatish imkoniyati boʻlganida, goh uning okeanda yuzlab kilometrlarni suzib oʻtayotganini, goh oqimga qarshi daryo boʻylab yuqoriga koʻtarilayotganini yoki instinkti unga ozuqaga boy suv havzasi tomon yoʻl koʻrsatganda, hatto quruqlikdagi oʻtda sudralib yurganini ham koʻrish mumkin boʻlardi. Amerika yoki Yevropada yoxud hatto materikdagi daryolarda tutilgan har bir ilonbaliq uning onasi tomonidan Bermud orollari yaqinidagi Atlantika okeanining maʼlum bir hududida, 180 dan 275 metrgacha chuqurlikda qoʻyilgan taxminan 20 million urugʻlarning biridan dunyoga kelgan. Oddiy ilonbaliq toʻq jigarrang boʻlib, odatda tangachalari yoʻq, silliq teri bilan qoplangan yoki tangachalari juda nozik va mayda.

Odamlar yosh ilonbaliqlarning qanday dunyoga kelishini nisbatan yaqinda bilib oldi. Endi maʼlumki, ular dastlab okean yuzasida suzuvchi shaffof mavjudotlar shaklida paydo boʻladi. Biroz vaqt oʻtgach, bu jonzotlar asta-sekin kichrayib, voyaga yetgan ilonbaliq shaklini oladi. Keyin ushbu urchish hududining maʼlum bir qismidagi millionlab ilonbaliqlar Yevropa tomonga suzadi. Ammo ular uch yoshga toʻlmaguncha Yevropa daryolarining chuchuk suvlariga kirmaydi. Urchish hududining boshqa qismidagi ilonbaliqlar esa Amerika tomon suzadi va bir yoshga toʻlgunga qadar Avliyo Lavrentiy daryosidan Meksika koʻrfazigacha boʻlgan barcha Amerika daryolari boʻylab yuqoriga koʻtariladi.

Chuchuk suvlarda toʻrt yildan oʻn ikki yilgacha yashab, oʻrtacha uzunligi 60 dan 90 santimetrgacha yetgach, ortga qaytib kelmaslik uchun ular daryolar boʻylab pastga tushadi. Ilonbaliqlar Bermudaga qaytib suzib keladi, chuqurlikda koʻpayadi va oʻladi. Ilonbaliqlar daryolardan pastga tushayotganda iyuldan oktabr oyining oxirigacha, baʼzan kechroq — Bermuda tomon yoʻl olganda ovlanadi. Atlantika sohillari boʻylab, har yili 900 ming kilogrammdan koʻproq ilonbaliq ovlanadi.


Atrofimizdagi tirik mavjudotlar
Ilonbaliqlar qayerda dunyoga keladi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий