Familiyalar qanday paydo bo‘lgan?

Familiyalar qanday paydo bo‘lgan?

“Salom, pakana!

“Anavi terakni qara”.

“Ana, qoravoy ham keldi!”

Bu sizga tanishmi? Biz odamlarga maʼlum darajada ularning xususiyatlarini belgilaydigan taxalluslar (laqablar) berishni odatiy hol deb hisoblaymiz.

Qizigʻi shundaki, ismlar ham xuddi shu tarzda paydo boʻlgan. Ochlik paytida tugʻilgan qizga Una (kelt tilidan “ochlik” deb tarjima qilinadi), sochi och rangda bo‘lgan qizga Blansh (fransuzchadan “oq”) deb, oʻgʻil bolaga esa “suyukli” maʼnosini anglatuvchi Devid deb nom berilgan.

Odamlar ming yillar davomida ismlarga ega boʻlgan. Keyinchalik, taxminan 1066-yilda normanlar Angliyani egallab olgach, odamlarni yaxshiroq ajratish uchun familiyalardan foydalanishni boshlaganlar. Bir odamni boshqasidan ajratish uchun faqat ismning oʻzi yetarli emas. Masalan, shaharda ikkita Devid boʻlib, ulardan biri dangasa boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham odamlar uni Devid Dangasa deb chaqirishgan.

Odamlar uchun ikkinchi ismlarni oʻylab topishning turli usullari paydo boʻlgan. Masalan, Rossiya imperiyasida otasining ismini qoʻshib aytish. Shunday qilib, Pyotr Andreyning oʻgʻli — Andreyning oʻgʻli Pyotr, keyinchalik esa Pyotr Andreyevich deb nomlana boshlangan. Odamlarni farqlashning yana bir usuli — ular tugʻilgan yoki yashagan hududni eslatib oʻtish. Tegirmonda yashagan yoki ishlagan odam Melnikov (rus tilida “мельница” — tegirmon), daraxtzor yonida yashagani esa Roshchin deb nomlana boshlangan. Albatta, inson tomonidan bajarilgan biror ish uni boshqalardan ajratishga imkon beradi. Shunday qilib, Kojemyakinlar, Tokarevlar, Plotnikovlar va boshqalar paydo boʻlgan.

Shunga oʻxshash holat qadimgi Rimda ham mavjud edi. Bolaning qaysi oila yoki urugʻga tegishli ekanini belgilash uchun uning oʻz ismiga otasining ismi ham qoʻshilgan. Keyinchalik ular uchinchi nomni — uning oʻziga xosligini tavsiflovchi taxallusni qoʻshishgan.

Taxallus yoki laqab qoʻyish ayniqsa yosh bolalar orasida keng tarqalgan. Maktabda taxallus qoʻyilmagan bola boʻlmasa kerak. Xoʻsh, sizning taxallusingiz qanday?


Tarix
Familiyalar qanday paydo bo‘lgan?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий