Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish (Pereadrestsiya) – UzMobile

Barcha qo’ng’iroqlarni boshqa raqamga yo’naltirish: **21*telefon raqami#

Misol uchun, kiruvchi barcha qo‘ng‘iroqlarni +998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **21*+998991234567#

Bekor qilish kodi: ##21#


Telefon band bo’lganda (siz telefonda gaplashayotganingizda) boshqa raqamga yo’naltirish: **67*telefon raqami#
Misol uchun, telefon band bo‘lganda qo‘ng‘iroqlarni +998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **67*+998991234567#

Bekor qilish kodi: ##67#


Qo’n’iroqga javob berilmaganda boshqa raqamga yo’naltirish: **61* telefon raqami **X# 
Bu yerda X = vaqt, sekundda (5 sekunddan 25 sekundgacha)
Misol uchun, qo‘ng‘iroqqa 10 sekund ichida javob bo‘lmaganda, qo‘ng‘iroqlarni +998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **61*+998991234567**10#

Bekor qilish kodi: ##61#

  • Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishda raqamni xalqaro formatda, yani «+» belgisi va davlat, operator kodi bilan birga kiritish kerak (misol uchun: +998991234567). 
  • Xizmat narxi: Boshqa raqamga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi tarif rejasiga asosan chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxiga teng bo‘ladi.
  • Xizmatni boshqarish:
    • Barcha qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish – ##002#
    • Shartli yo‘naltirishlarni bekor qilish – ##004#

Оставьте комментарий