O‘simliklar ozuqani qayerdan oladi?

O‘simliklar ozuqani qayerdan oladi?

Oʻsimliklar ham tirik mavjudot ekanini unutmasligimiz kerak. Ular ham oziqlanadi, ichadi, nafas oladi va yetarlicha oziqlanmaganida nobud boʻladi. Oʻsimliklarning ikki sinfidan tashqari qolgan barchasi ozuqalarini oʻzi ishlab chiqaradi. Keling, ular buni qanday amalga oshirishini koʻrib chiqaylik. 

Barg hujayralari, baʼzan esa poyasi va gullarida ham boʻladigan ajoyib xlorofill moddasi oʻsimlikning tirik toʻqimalariga quyosh nuri energiyasini yutishda yordam beradi. Bu energiya jonsiz (noorganik) elementlarni hayotbaxsh (organik) moddalarga aylantiradi. Bu ajablanarli jarayon fotosintez deb ataladi. Ammo tirik materiya hosil boʻlishi uchun uglerod kerak. Oʻsimlik uglerodni havodan oladi (u havoda kislorod bilan birikkan holatda karbonat angidrid shaklida mavjud).

Uglerodni olgan oʻsimlik oʻzining turli qismlarini shakllantirishi uchun uni boshqa moddalar bilan birlashtirishi kerak. Ulardan eng muhimi, oʻsimlik vodorod oladigan suvdir. Suvda oʻsimlik uchun zarur boʻlgan baʼzi minerallar ham boʻlishi kerak. Bular asosan azot, oltingugurt, fosfor, ishqor, kalsiy, magniy, natriy va temir birikmalaridir. Oʻsimlik bu suv va minerallarni ildizi orqali oladi. Ildizning bunday uzun boʻlishining sabablaridan biri shundaki, oʻsimlik ular orqali suv va minerallarni qidirib tuproqda yangi joylarni oʻzlashtiradi.

Yosh ildiz novdalaridagi minglab mayda tukchalar tuproq zarralari orqali oʻtib, ulardan kerakli moddalarni oladi. Ildizlar orqali olingan suvning bir qismi shakar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Qolgan suv barglar orqali bugʻlanadi. Biroq bargdagi bugʻlanish ildiz yordamida olingan suvga qaraganda koʻproq boʻlsa oʻsimlik quriy boshlaydi. Aytgancha, bir xil shakl va rangga ega boʻlsa ham ikkita mutlaqo bir xil barg boʻlmasligini bilarmidingiz?


O‘simliklar dunyosi
O‘simliklar ozuqani qayerdan oladi?

 

manba: sinaps.uz

Оставьте комментарий