Mikelanjeloning bir parcha qog‘ozdagi yozuvi 200 ming dollarga sotildi

Uyg‘onish davri namoyandasi, italiyalik haykaltarosh, rassom, me’mor, shoir va mutafakkir Mikelanjelo Buonarrotining yozuvi tushgan bir parcha sarg‘ayib ketgan qog‘oz 201 600 dollarga kim oshdi savdosida sotildi. Bu haqda “Christie’s” auksion uyiga tayanib, “France24” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahsulot ramkaning orqa tomoniga yopishtirilgan holda topilgan. Ushbu parcha qog‘oz Mikelanjeloning so‘nggi maktubi deb nomlangan va dastlab 6000 dollardan 8000 dollargacha pullash ko‘zlangan. Ammo u rejalashtirilgan narxdan 33,6 baravar yuqori bahoga sotilgan.

Ma’lum qilinishicha, Kichik san’at asarida inglizcha “o‘xshash” va “o‘xshatish” kabi so‘zlar qayd etilgan, shu bilan birga, to‘rt burchak shakl tasvirlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu yozuv ijodkor tomonidan “Sitsina” cherkovi shifti ustida ishlayotgan paytida yozilgan, deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha auksion uyi xaridor haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik qo‘shiqchi, model Merilin Monro va “Playboy” jurnali asoschisi Xyu Xefnerga tegishli ko‘plab buyumlar, jumladan, aktrisa bir paytlar kiygan pushti libosi, shuningdek, Xefnerga tegishli smoking va shippak kimoshdi savdosida sotilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva

Оставьте комментарий