Matematika haqida qiziqarli faktlar

Matematika haqida qiziqarli faktlar

# 0ning 0nchisi aniq emas

# Har qanday sonning 0inchi darajasi 1, 0niki esa noldan tashqari. Aniq emas.

# Cheksizlik + cheksizlik = 16ni yotgani. 

Boshqalar o’qishmoqda: Qiziqarli tarixiy faktlar

# 111,111,111 X 111,111,111 = 12,345,678,987,654,321.

# Rim raqamlarida 0 ni bildiradigan belgi yo’q edi. Bu degani rimliklar raqamlarni 0 belgisiz hisoblaganlar. 

# 1,089 X 9 = 9,801

# «Teng» belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan.

# XX asrning boshiga qadar matematika bo‘yicha barcha bilim va hisoblar 80 ta katta bo‘lmagan nashrlarga sig‘ar edi. O‘sha paytdan beri soha shu qadar kengaydiki, matematika asoslarini 800 ta kitobga joylashtirish imkonsiz bo‘lardi.

Boshqalar o’qishmoqda: Biologiya haqida qiziqarli faktlar

# Angliyalik matematik Abraxam de Muavr, keksalik davrida, uyqisining vaqti kuniga 15 minutdan ko’payib borayotganini aniqladi. Arifmetik progressiyani tuzib, uyqining umumiy vaqti 24 soatga teng bo’lgan kunini hisobladi – bu kun 1754 yil 29 aprelga to’g’ri keldi. Aynan shu kuni, u olamdan ko’z yumdi.

# Yevro kupyurasining haqiqiyligini, undagi harfning seriya raqami va 11 sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib, bu sonni boshqa sonlar bilan qo’shib, undan so’ng, birgina son hosil bo’lgunga qadar, natijada chiqqan sonlarni qo’shish kerak. Agar bu son – 8 bo’lsa, kupyura haqiqiy hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, huddi shunday uslubda, faqat harfning ishtirokisiz bo’lgan qo’shishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija, ma’lum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi. Masalan, Germaniya uchun bu X2.

# Alfred Nobel, o’z mukofoti ro’yhatiga matematika fanini qo’shmaganining sababi, uning rafiqasi, matematik bilan hiyonat qilgan, degan fikr bor. Aslida esa, Nobel, hech qachon uylanmagan. Nobel tomonidan matematika fanining nazarga ilmaganining haqiqiy sababi noma’lum, ammo bu to’g’risida, bir nechta fikrlar bor. Masalan, shu paytga kelib, matematika fanidan Shvesiya qirolining mukofoti bor edi. Ikkinchisi – matematika inson uchun hech qanday muhim kashfiyotlar qilmaydi, chunki fan faqatgina teoritik xarakterga ega, xolos.

# Relo uchburchagi – a radiusidagi uchta bir xil aylanalarning a tomonli teng tomonli uchburchakning baliklarining markazi bilan kesishuvidan hosil bo’lgan shakl. Relo uchburchagi asosida qilingan sverlo, (noaniqligi 2% bo’lgan) kvadrat shaklidagi teshiklarni o’yishga yordam beradi.

Boshqalar o’qishmoqda: Maktab haqida faktlar

# Rus matematik adabiyotida, nol natural son hisoblanmaydi, g’arbiy adabiyotlrida esa, aksincha, ko’pgina natural raqamlar qatoriga kiradi.

# Universitet aspiranti bo’lmish, amerikalik matemitik Djordj Dansig, kunlardan bir kuni darsga kechka qolib, doskada yozilgan barcha tenglamalarni uy vazifasi sifatida oldi. Ular oddiy tenglamalarga nisbatan murakkabroq tuyuldi, lekin bir necha kundan so’ng, u axiri, ularni yechishga muvaffaq bo’ldi. Aniqlanishicha, u ko’pgina olimlar yechishga uringan, statistikadagi ikki “yechilmas” muammolarni 29 aprelda yecha oldi.

# Kazino ruletkasidagi barcha sonlar yig’indisi, shayton raqami – 666 ga teng.

# Sofya Kovalyovskaya, bolaligida, xonasiga oboy yetmaganida va oboy o’rniga Ostrogradning differensial va integral hisoblashlari to’g’risidagi leksiyalari qog’ozlari yopishtirilganda, matematika bilan tanishdi.

# 1897 yilda, Indiana shtatida, 3,2 ga teng bo’lgan Pi sonining qonuniy qiymatini belgilovchi bill chiqarildi. Ushbu bill, universitet professorining aralashuvi tufayli qonunga aylanmadi.

 

 

Ma’lumotlarni tayyorlashda manbalardan foydalanildi:

www.mathnasium.com

www.fencing.uz

www.kun.uz

 

Foydali maqolalar
Matematika haqida qiziqarli faktlar

Оставьте комментарий