BeeGudok xizmati (Gudok o’rniga qo’shiq qo’yish) – Beeline

«BeeGudok» xizmati oddiy zerikarli gudoklarni siz xush ko’rgan musiqa va hazillarga almashtirish imkonini beradi.

Kunlik obuna: 1,500 so’m/kun

Oylik obuna: 30,000 so’m/oy

Qanday qilib ulanish mumkin?
1. Quyidagi manzilga kiring https://beegudok.beeline.uz
2. Obuna variantini tanlang.
3. Tizim avtomatik ravishda sizni avtorizatsiyadan o’tkazadi.
4. Tabriklaymiz, obunani muvaffaqiyatli faollashtirdingiz! Endi sizda musiqalarning kengaytirilgan katalogi mavjud.

yoki

«1» sonini SMS xabar orqali kunlik obuna uchun 19100 yoki oylik obuna uchun 19101 qisqa raqamlariga yuboring


Qanday qilib o’chirish mumkin?
1. «BeeGudok» xizmatiga kiring.
2. Profil sozlamalarida «Obunani boshqarish» bo’limini tanlang.
3. «O’chirish» tugmasini bosing.
Yoki
kunlik obunani bekor qilish uchun «0» sonini SMS xabari orqali 19100 raqamiga yuboring

oylik obunani bekor qilish uchun «0» sonini SMS xabari orqali  19101 qisqa raqamiga yuboring

Оставьте комментарий